8
detallarining loyihalashda texnologik masalalarni yechishni talabalar
o’rganadilar.
Mashinasozlikda talab darajasidagi sifat o’zgarishlarini
amalga
oshirish, mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirish, uning
sifatini yanada yaxshilash va mehnat sharoitlarini yanada
yengillashtirishga qaratilgan tadbirlarga, ya’ni ishlab chiqarish
jarayonlarini
maksimal
darajada
mexanizatsiyalash
va
avtomatlashtirishga katta e’tibor berilishi lozim.
Ko’pgina materiallarning texnikaga yaroqliligi uning tuzilishiga
bog’liqdir. Materiallarning tuzilishi deganda,
uning bir butunligini
ta’minlovchi, ya’ni tashqi va ichki ta’sirlarga faol qarshilik
ko’rsatuvchi ichki bo’glanishlar tushuniladi. Ichki bog’lanishlarga
muvofiq materiallarning xossalari ham o’zgarishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak materialning tarkibi, tuzilishi
hamda xossalari o’rtasidagi amalliy bog’lanishlarni o’rganadigan fan
materialshunoslik deb ataladi. Materiallarning tarkibi deganda Shu
materiallarning
qanday
kimyoviy
elementlardan
tuzilganligi
tushuniladi.
Materialning tuzilishi tushunchasi ancha keng ma’nodagi
tushuncha bo’lib, ko’z yoki oddiy lupa bilan ko’rib bo’ladigan
mikrotuzilish maxsus (500-2000 marta katta qilib ko’rsatadigan) optik
asboblar
metallomikroskoplar
yordamida
o’rganiladigan
mikrostruktura hamda 100000 marta katta qilib ko’rsatadigan
elektron mikroskoplarda yoki rentgen nurlari ta’sir ettirish bilan
kuzatiladigan supmikroskopik strukturalarni o’z ichiga oladi.
Materialning
xossalari deganda, uning kimyoviy, mexanik va
texnologik xossalari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: