ANNOTATION
This textbook is developed for students of 5112100 - "Technological
Education" on the basis of the current subject program "Materials Science"
(Materials Science and Construction Materials). The subject and tasks of
science, its history, development, role in technological education are described
in detail. Detailed information on the structure and properties of materials, the
basics of the theory of alloys, iron and carbon alloys, non-ferrous metals,
powdered materials, processing of metal and polymeric materials, which should
be mastered in lectures and independent study. contains theoretical material. The
textbook is available for students and faculty of 5112100 - Technological
Education.
4
KIRISH
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida iqtisodiyot va mashinasozlik
sanonti jadal rivojlanmoqda. Iqtisodiyot va sanoatning rivojlanishi
mustahkamligi yuqori, ishlatishga qulay, arzon, puxta materiallarni
izlab topish va ularning chidamliligini oshirish ustida jiddiy izlanishlar
olib borishni taqozo etadi. Materiallar qotishmalarining tarkibi,
tuzilish va xossalari shuningdek, ularning tuzilishi bilan xossalari
orasidagi bog’lanishlar hamda puxtalash usullarini o‘rganadigan fan
materialshunoslik deyiladi. Kundalik hayotimizda materiallar ichida
eng ko‘p metall ishlatiladi. Metallar insoniyatga qadim zamonlardan
ma’lum bo‘lib, kishilik jamiyati moddiy madaniyatining rivojlanishida
g‘oyat katta o'rin tutadi. Darhaqiqat, iqtisodiyotning metall
ishlatilmagan biron bir sohasi yo‘q. Mashina detallari uchun material
tanlash masalasi va ularga ishlov berish texnologik jarayonida bir-
biriga zid bo‘lgan masalalar mavjud. Masalan, uzoq muddat davomida
xavf-xatarsiz ishlashni ta’minlay oladigan mashina-mexanizmlar
yaratishda qo‘llaniladigan detallar arzon, ixcham, bejirim, puxta
bo‘lishi bilan bir qatorda yuqori sifatli materiallardan tayyorlanishi
lozim.
Qadim-qadim
zamonlarda
odamlar
tosh,
suyak
kabi
materiallaridan ish quroli sifatida ishlatishgan. Bu materiallarni qayta
ishlab, qayta ishlov berishda va ov qurollari yasashda foydalanganlar.
Asta-sekin yog'och, teri va loy kabi materiallardan foydalanish
o‘zlashtirilgan. Bronza davrida metallurgiya sanoati paydo bo‘lgan.
Metall qotishmalarining tarkibini o‘zgartirib, ularning xossalarini
boshqarish mumkinligi ma’lum bo‘ldi va bu amaliyotda ishlatila
boshlandi. Temir davriga kelib Osiyoda, O’rta Yer dengizi atrofida va
Xitoy hududlarida ilk bor metallarni qayta ishlaydigan korxonalar
vujudga kela boshladi. O‘rta Yer dengizi havzasida bronza asridayoq
temir keng qo’llanilganligini amerikalik olim Jeyn Ualdbaum
ishonchli dalillar bilan isbotlab berdi. Ammo uning tarkibida uglerod
miqdori kam bo‘lganligidan u sifat jihatidan bronzaga tenglasha
olmagan va asosan oshxona anjomlari tayyorlash uchun material
bo‘lib xizmat qilgan. Qadimgi Tailand aholisi temir bilan eramizdan
taxminan 1600 yil avval tanish bo‘lgan. Qadimgi Yapon metallurglari
bundan bir yarim ming yil ilgari ham temir olish usulini bilishgan, ular
5
uchun tarkibida juda ko‘p miqdorda temir bo‘lgan oddiy qum temir
ishlab chiqarishda dastlabki xomashyo bo‘lgan (Okayama
prefekturasi). Qadimgi greklar esa metallarni ikkilamchi xomashyo
sifatida ishlatishga yetarlicha e’tibor berishgan (3000 yil oldin).
Afrikadagi Viktoriya ko‘lining g‘arbiy sohilida bundan 2000 yil
muqaddam metall suyuqlantirilgan 13 ta metallurgiya pechlari
topilgan bo‘lib, ularda havo puflash yo‘li bilan po‘lat olishga imkon
bergan. Suv va havoning ishlatilishi metallshunoslik sanoatida yangi
bosqichning rivojlanishida asos bo‘ldi. Metallni eritib, uni tozalash,
puflash uchun havodan foydalanish, suyuqlantirilgan metallar
haroratini oshirishga imkon yaratdi. Natijada metallar zararli
qo‘shimchalardan tozalanib, ularning sifati yaxshilandi. 1856-yilda G.
Bessmer, 1878-yilda S.Tomas va 1864-yilda P.Marten po‘lat olishning
yangi usullarini yaratishdi. 1856-yilning 12- fevralida ingliz ixtirochisi
Genri Bessmer suyuqlantirilgan cho‘yanni havo bilan dam berib
tozalagani uchun patent oldi. «Men shuni ixtiro qildimki, deb yozgan
edi Bessmer, agar metallga yetarli miqdorda atmosfera havosi yoki
kislorod kiritilsa, u suyuq metall zarrachalarining kuchli yonishiga
sabab bo‘ladi, temperaturani saqlab turadi yoki uni shu darajagacha
oshiradiki, bunda metall cho‘yan holatidan po‘lat holatiga yoki
bolg‘alanuvchi temir holatiga o‘tish vaqtida yoqilg‘i ishlatilmasdan
suyuq holida qoladi». Jahon metallurgiyasi rivojida juda katta hissa
qo‘shgan, iste’dodli ingliz ixtirochisi nomini texnika tarixiga abadiy
yozilishiga sabab bo‘lgan quyma po‘lat olishning bu yangi usuli
hayotda shu tariqa o‘ziga yo‘l ochgan edi. Rus olimi P.P.Anosov
metallarning xossalari ularning kristall tuzilishiga bog‘liqligini
aniqladi va birinchi bo‘lib, metallarni ichki tuzilishini o‘rganishda
mikroskopdan foydalandi. Yuqori sifatli po‘lat olishda, ayniqsa
P.Panosovning
xizmatlari
katta.
Materialshunoslik
fanining
rivojlanishida rus olimi D.K. Chernovning fazalar o‘zgarishi haqidagi
nazariyasi juda katta turtki bo’ldi. Temir uglerodli qotishmalarni va
termik ishlov berish protsesslarini o‘rganish 1868-yilda e’lon qilingan
D.K. Chernovning «Lavrov va Kalakutsiyning po‘lat va po’latdan
ishlangan obzori hamda ushbu soha bo‘yicha D.K. Chernovning o‘z
tadqiqotlari» maqolasi bilan boshlanadi. D.K.Chernov birinchi bo‘lib
po‘latda kritik nuqtalar borligini ko‘rsatdi va temir-sementit
diagrammasi haqida dastlabki tushunchani berdi. Keyinchalik temir-
uglerodli qotishmalarni qurishga F.Osmond, Le-Shatele (Fransiya),
6
R.Austen (Angliya), A.A.Baykov va N.T.Gudsov (Rossiya),
Rozenbaum (Gollandiya), P.Gerens (Germaniya) va boshqalarninng
ishlari bag‘ishlandi. Nemis olimi Ledeburning metallar strukturasi
tushunchasi, ingliz fiziklari F. Laves hamda V. Yum-Rozerning yangi
turdagi fazalarini kashf etishi fan rivojida katta hissa qo’shdi. Ichki
yonuv dvigatellari kashf etilishi mashinasozlik, avtomobilsozlik,
samolyotsozlik va raketasozlik sanoatlari rivojlanishida muhim asos
bo’ladi. Tabiiyki, sanoatning rivojlanishi yangi materiallar yaratish,
ularning xossalarini yaxshilash ustida tinmay izlanishlar olib borishni
talab etdi. Natijada takomillashgan domna pechlari, po’lat eritiladigan
marten pechlari barpo etildi. Po’latlarni payvandlash mumkinligini
N.N. Benardos va N.G. Slavyanovlar ilmiy nuqtayi nazardan isbotlab
berdilar. Rus olimi A.M. Butlerov tomonidan 1881-yilda yaratilgan
jismlarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida quyi molekulali
organik kimyoviy moddalardan polimerlar olish mumkinligi
isbotlandi. S.V. Lebedev 1909-yilda xossalari jihatidan tabiiy
kauchukka yaqin materialni sun’iy ravishda oldi. Hozirgi vaqtda
texnika rivojini sun’iy materiallarsiz tasavvur qilish qiyin.
O‘tkazuvchanligi yuqori materiallar, yarimo‘tkazgichlar, sun’iy olmos
hamda uglerod asosidagi boshqa materiallar kashf etildi. Domna
pechlarida sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari
natijalarini hisobga olish mumkinligi, materiallar tuzilishi va
texnologik jarayon haqidagi bilimlar yanada boyidi. Turli
ferroqotishmalar
olish,
po’lat
olishning
elektrometallurgiya
usullaridan foydalanish po’lat sifatini oshirdi va juda ko‘p legirlangan
po’latlar olish imkoniyatini yaratdi. Qotishmalar mustahkamligini
oshirishning yangi usullari kashf etildi. Termik-mexanik, mexanik-
termik va ikki marta qayta kristallash usulida termik ishlov berish kabi
ilg‘or texnologik jarayonlar yaratildi. Korroziyabardosh, olovbardosh,
maxsus magnit xossalarga ega bo’lgan va malum geometrik shakllarni
«esida» saqlab qoluvchi qotishmalar kashf etildi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday materiallarga ishlov berish,
murakkab muhandislik muammolarini yechishda materialshunoslik
texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bu fan ko‘pgina
muhandislik fanlariga boshlang‘ich asos bo’ladi. Kelgusida malakali
xodimlar bo‘lib yetishishni niyat qilgan har bir talabadan
materialshunoslik fanini puxta o’zlashtirish talab etiladi.
|