Materialshunoslik


Materialshunoslik va KMT fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Jo\'rayev

1.2. Materialshunoslik va KMT fanining rivojlanish tarixi 
Insoniyat o’z faoliyati davomida moddalarni ishlab chiqarish 
mahsuloti deb qaraydi.
Aslida esa, moddalar materialning bir barqaror massaga ega 
bo’lgan bo’lagidir. Ana shunday moddiy dunyo texnikada "material" 
deb aytiladi. Demak, materiallar mehnat jarayonning mahsuli bo’lib, 
undan insoniyat o’z talablarini qondiradigan turli xil buyumlar va 
detallar yasashda foydalanadi. Materiallar ishlab chiqarishda 
birlamchi vosita bo’lib hisoblanadi. Material bo’lmasa sanoat 
jarayonlari ham bo’lmaydi.



Masalan, mis (material) ishlab chiqarish uchun rudalar (mis 
rudalari) qazib olinishii kerak. Xomashyo materiallarini olish uchun 
ham mehnat sarflanadi, ya’ni rudalar qazib olinib, qayta ishlash 
uchun ruda boyitiladigan kombinatlarga yuboriladi. So’ngra 
boyitilgan rudalardan mis olinadi. Olingan misdan turli xil buyumlar 
ishlab chiqariladi.
1.1-rasm. Zamonaviy texnologiyalar.
Mis olishda ruda xomashyo material bo’lsa, buyum ishlab
chiqarishda misning o’zi xomashyo material bo’lib hisoblanadi. 
Mehnat jarayoni shuni ko’rsatadiki, sifat jihatdan barcha 
xomashyolarni ikki turga bo’lish mumkin. Birlamchi xomashyo yoki 
birinchi bor materialni hosil qilish uchun ishlatiladigan modda. 
Birlamchi materialni hosil qilish uchun hamma vaqt ham tanlangan 
xomashyo 100% sarflanmaydi, ya’ni uning ma’lum ismi chiqindiga 
aylanadi. Yana chiqindilar ham boshqa buyum va detallar ishlab 
chiqarish uchun xomashyo, ya’ni ikkalamchi xomashyo bo’lishi 
mumkin. Masalan yog’ochni qayta ishlanishidan chiqqan qirindi
(ikkilamchi xomashyo) mebel sanoatida ishlatiladi. 
Buyum va detallar ishlab chiqarish uchun materiallar bilan bir 
qatorda yarim fabrikatlar ham ishlatilishi mumkin. Yarim fabrikat 
deganda qayta ishlangan, lekin hali tayyor buyum holiga keltirilmagan 
material tushuniladi. Buyum olish uchun materialni, ya’ni yarim 
fabrikatni qayta ishlash yana davom ettirilishi kerak.
Demak bir ishlab chiqarishda tayyorlagan material (mahsulot) 
boshqa ishlab chiqarish uchun yarim fabrikat hisoblanadi. 


10 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin