Materialshunoslik


Konstruksion uglerodli po‘latlar



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130
Jo\'rayev

Konstruksion uglerodli po‘latlar 
 
 
 
4.7-rasm. Konstruksion uglerodli po‘latlar. 


41 
Bu po‘latlar oddiy po‘latlarga nisbatan tarkibida oltingugurt
fosfor va boshqa salbiy ta’sir etuvchi elementlarning kamligi bilan 
farqlanadi. 
Konstruksion sifatli po‘latlarni markalashda ikki raqam bilan 
ifodalanadi va ular shu po‘latning tarkibida uglerodning yuzdan bir 
ulushini ko‘rsatadi. Konstruksion sifatli po‘latlar prokatlab, bolg‘alab, 
kalibrlangan bo‘lib uning yuzasi toza va yaltiroq bo‘ladi va uni 
serebryanka deb ham aytiladi. 
Markalashda st10, st15, st20 ,,, st60 markalanadi. Bu guruh 
po‘latlarga avtomat po‘lati ham kiradi. Avtomat po‘latlar ko‘p vaqt 
keskich bilan ishlab, turli detallarni olishda ishlatiladi. Unda mayda 
qirrindi chiqadi, kesib ishlashni onsonlashtiradi va toza silliq yuza 
olish mumkin bo‘ladi. Ularni markalashda A harfi bilan ifodalanadi, 
harfning orqasidagi raqam po‘latning tarkibidagi uglerod miqdorni 
o‘rtacha yuzdan bir ulishini ko‘rsatadi. A30, A40G, A12, A20 
po‘latdan muhimmas detallar olishda ishlatiladi.
Asbobsozlik po‘latlari: Asbobsozlik po‘latlar uch asosiy guruhga 
bo‘linadi: kesuvchi asboblar, o‘lchov asboblar, shtamplarda 
ishlatiluvchi uglerodlik po‘latlarga. Bu po‘latlarga quyidagilar kiradi: 
U8(U8A), U10(U10A), U11(U11A), U12(U12A), U13(U13A) – bu 
po‘latlardan asboblar tayyorlanadi. Keskichlar uchun frezalar zenker, 
parma, arra, egov, iskana, ustara, jarrohlar pichoqi va boshqalarni 
tayyorlashda U10, U11, U12, U13 termik ishlovdan so‘ng ularning 
tuzilishi martensit va karbidlardan iborat bo‘ladi va qattiqligi keskin 
oshadi. Markaning oxridagi A – po‘latning yuqori sifatligini 
ifodalaydi. 
Nazorat savollari: 
1.
Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latning sovish egri chizig‘ini chizib 
bering? 
2.
Temirning uglerod bilan hosil qilgan tuzilishlariga izoh bering? 
3.
Nima uchun oltingugurt, fosfor, kislorod va vodorodlar salbiy ta’sir 
etuvchi element bo‘lib hisoblanadi? 
4.
Oddiy konstruksion va uglerodlik po‘latlar nima bilan farqlanadi?

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin