5.2. Mis asosidagi qotishmalar (Bronzalar) 5.2-rasm. Bronza. Bronzalar. Mis bilan qalay qotishmasi bronza deyiladi. Ma’lum,
qalay qimmatbaho metall bo’lganligi sababli, uni tejash hamda
qotishma xossalarini zarur tomonga o’zgartirish maqsadida bronza
tarkibidagi qalay qisman yoki to’la Al, Fe, Pb, Zn va boshqa
elementlar bilan almashtiriladi. Masalan, Al kiritish bilan alyuminiyli
bronzalar (masalan, BrAB, BrA7), Pb kiritish bilan qo’rg’oshinli
bronzalar (masalan, BrS30), berilliy kiritishh bilan berilliyli bronzalar
(masalan, BrBg), Si kiritishh bilan kremniyli bronzalar (BrKMTS3-1)
va
boshqalar
olinadi.
Qalayli bronzalarning cho’zilishhiga
mustahkamligi σ
v
q150-350 MPa, nisbiy uzayishi δq3-15% bo’ladi.
Bronzalar GOST 613-79 bo’yicha harf va raqamlar bilan quyidagicha
markalanadi. Masalan, BrA11J6N6, bu yerda Br bronzaligini, A
qotishmadagi alyuminiy 11%, J temir 6%, N nikel 6% ligini
bildiradi, qolgan qismi esa misdan iborat bo’ladi. Bronzalar
texnologik ko’rasatkichlariga ko’ra bosim bilan ishlanadigan va
quymalar olinadigan bronzalarga ajratiladi. Bosim bilan ishlanadigan
bronzalar (BrOTSSN3-75-1, BrOTSS5-5-5 va boshqalar) da listlar,
sterjyonlar, truba va boshqalar ishlanadi. Quyma bronzalar (BrAJ9-
4L-BrOF10-1 va boshqalar) don vint, vtulka, chervyak va boshqa
detallar zagotovkalari quyish yo’li bilan olinadi. Shuni aytishh
kerakki, mis qotishmalari strukturalarini o’rganishhda xuddi qora
metallar singari namunalardan shlaflar tayyorlanadi va strukturasi
mikroskop ostida ko’riladi. Bunda reaktiv sifatida masalan, 10gFeCl
3
,
30cm
3
HCl va 360 sm
3
N
2
O olinadi. Suvga bir oz spirt qo’shilsa
ham bo’ladi.