100
boshqa ma’muriy binolarni bezash va izolyasiyalashda ishlatilgani,
uning imkoniyatlari ko‘pligidan darak beradi.
Issiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida
temir, kobalt, nikel oksidi bo‘lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi
davolanish, bolalar bog‘chalari, gulxona, qishki bog‘, bino va
inshootlarni romlariga o‘rnatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo‘linib,
xona ichi ko‘rinmasligi uchun deraza, eshik romlariga o‘rnatiladi.
Gulli oyna quyilayotganda maxsus valiklardan foydalaniladi.
Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab
tayyorlanadi. Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan,
nikellangan po‘lat to‘r bilan kuchaytirib tayyorlanadi. Bu oyna silliq
va to‘lqinsimon bo‘lib, oyna sindirilganda sochilib ketmasligini
ta’minlaydi. Uning o‘lchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-
1500 mm. Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
S haroratda qizdirib
va asta-sekin sovutib olinadi. Toblangan oynaning zarbiy va
egilishdagi mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha barobar
yuqori. Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya
to‘siqlari va bo‘lmalar tayyorlashda ishlatiladi. Radioaktiv nurlarga
bardoshli oynani shixta tarkibiga qo‘rg‘oshin, litiy, bor, kadmiy
vasseziy oksidlari (0,25-1,5%) qo‘shilib tayyorlanadi. Bunday oynalar
atom elektrostansiyalarida, reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar
tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi. Ko‘p qavatli oyna (tripleks)
oddiy va armaturalangan bo‘lib, asosiy va oraliq (amortizatsiyalovchi)
qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda maydalansa ham
sochilib ketmaydi.
Issiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo‘lib, tarkibida bor, rubidiy
va litiy oksidlari bo‘ladi. Bu oyna turi 200
0
S haroratga chidaydi va
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 2-3 marta
kam bo‘ladi (2-4
.
10
-6
0
S).
Dostları ilə paylaş: