104
buyumlar sovuqqa hamda kimyoviy agressiv muhitlarga chidamli
bo‘ladi. Ko‘pik shisha qurilishda ko‘p qatlamli temirbeton panellarda,
g‘isht va yog‘och taxta devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda,
issiqlik izolyasiyasi qatlami sifatida ishlatiladi. Sirti 400
0
S gacha
qiziydigan uskuna va quvurlarni qoplashda ham issiqlik izolyasiyasi
materiali tarzida ishlatish mumkin.
Shisha tola
-borosilikat shishasini yuqori haroratda eritib,
diametri 0,0002-0,03 mm teshikdan tortib chiqarib, g‘altaklarga o‘rab
olinadi. Shisha tolasini uzluksiz ravishda olish texnologiyasi 11.9-
rasmdan sxema tarzida ko‘rsatilgan.
11.9-rasm. Markazdan qochma (a) va puflash (b) usullarida
shisha tolasi olish
1-eritmali vanna; 2-eritma oqimi; 3-isitgich; 4-siqilgan havo va bug‘
uzatiladigan moslama; 5-sentrifuga; 6-shisha tolasi.
Shisha tolasining cho‘zilishdagi mustahkamligi juda katta (2000-
4000 MPa). Tolaning diametri kichraysa uning mustahkamligi ham
kamayadi. SHisha tolasi (diametri 0,04 mm) o‘rtacha zichligi 40-50
kg(m
3
.
Shisha tolasidan tayyorlangan ip, mato, namat, plita, qobig‘ va
sh.k. lar qavatlararo plitalar, pardevorlar, tom va yopma plitalar
tayyorlashda issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Chiqindi hisoblangan chigal va katta diametrli shisha tolasidan
presslab olingan shisha namatni bitum yoki smolalarda shimdirilgan
mahsulot qurilish konstruksiyalarning er osti qismini korroziyadan
saqlash, issiqlik trassalarida izolyasiyalovchi material sifatida
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: