Materialshunoslik


Sitallar va ular asosidagi buyumlar



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130
Jo\'rayev

11.8. Sitallar va ular asosidagi buyumlar 
Sitallar
-shisha kristallar shishani qisman yoki to‘la kristallash 
usulida olinadi. Sitall olish uchun shisha xom ashyosi va maxsus 
mineral qo‘shilmalar juda toza xolda ishlatiladi. Sitallga maxsus 
xususiyatlar 
berish 
uchun 
kristallanish 
katalizatorlari-titan, 
litiy,ssirkoniy va sh.k. lar birikmalari eritilgan xolatida aralashtiriladi.
11.10-rasm. Sitall toshlar. 
Sitall olishda shixta qo‘shimcha ravishda issiqlik bilan qayta 
ishlanadi; bunda shisha kristallanadi va muayyan xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Sitallar kulrang, qora, jigarrang, krem rangida, rangli, shaffof 
va xiralashgan bo‘lishi mumkin. Ular atmosfera va agressiv 
muhitlarga, yuqori haroratga bardoshli bo‘ladi. Dielektrik xususiyati 
esa, elektr haroratga bardoshli izolyatorlar tayyorlashda foydalaniladi. 
Sitallarning siqilishidagi mustahkamlik chegarasi 500MPa, issiqqa 
bardoshligi 200-700
0
S, xatto 1000
0
S bo‘ladi. Shlaksitall metallurgiya 
shlaki, kvars qumi va kristallizatorlarni maxsus xumdonlarda 
aralashtirib tayyorlanadi. Kristallizatorlar sifatida titan, fosfor 
oksidlari, ftor tuzlari, temir va marganets sulfatlari massaga nisbatan 
4-5% ishlatiladi. Shlaksitall oq rangli, yassi va maxsus yuzali 
(shliflangan, polirovkalangan) xolda chiqariladi. Uning yuzasiga 
keramik sirlovchi materiallar bilan istalgan rang berish mumkin. 
Shlaksitall o‘rtacha zichligi 2500-2600 kg(m
3

siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 500-600 MPa, egilishdagi mustahkamligi 90-
130MPa, elastiklik moduli 11
.
10
4
MPa,ishlatilish harorati 950
0
S gacha 
bo‘ladi. Shlaksitall kimyoviy muhitlarga chidamli, suv o‘tkazmaydi, 


107 
kam ediriladigan bo‘lgani uchun trotuar, yo‘l qoplamalarida, bardyur 
toshlari o‘rnida, binolarni ichki va tashqi tomonlardan bezashda, tom 
yopishda, devorbop buyumlar sifatida ishlatilishi mumkin.Ko‘piksitall 
uyachali strukturaga ega bo‘lib, suv shimuvchanligi va gigroskopligi 
kichik, issiqqa bardoshliligi 750
0
S bo‘ladi. U issiqlik va tovushdan 
izolyasiyalovchi material sifatida ishlatiladi. Sitalloplastik ftoroplast 
va sitall asosida olinadi. Uning edirilishga va kimyoviy muhitlarga 
chidamliligi o‘ta yuqori bo‘lgani uchun antifriksion va konstruktiv 
material sifatida ishlatiladi. Bunda kukun xolatidagi sitall ftoroplastga 
o‘ta mayda to‘ldiruvchi sifatida aralashtiriladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin