17. 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar orasidan biri ikkinchisidan
ikki marta katta
sonlar juftligi qilib, ko’pi bilan nechta natural son tanlasa bo’ladi?
18. Sport klubida massalari 1 kg, 2 kg, ..., 100 kg bo’lgan 100 ta tosh bor.
Toshlarni, hech bir jamoadagi toshlarning
umumiy massasi boshqasida
toshlarning umumiy massasini ikki baravariga teng bo’lmaydigan qilib,
tarqatish mumkin bo’lishi uchun kamida nechta jamoa kerak bo’ladi.
19. 40 dan oshmaydigan natural sonlar orasidan, biri boshqasiga bo’linmaydigan
qilib ko’pi bilan nechta son tanlash mumkin.
20. a) 15 dan oshmaydigan 8 ta turli natural sonlar berilgan.
Ularning juft-juft
ayirmalari orasida 3 ta bir xili topilishini isbotlang.
b) 70 dan kichik 20 ta turli natural sonlar berilgan. ularning juft-juft ayirmalari
orasida to’rtta bir xili topilishini isbotlang.
c) Shunga o’xshash masala tuzing.
21. Ixtiyoriy 9 ta ketma-ket natural sonlar orasida qolganlarining
har biri bilan
o’zaro tub bo’lgan kamida bitta son topilishini isbotlang.
22. Har doim 37 ta butun son orasidan yig’indisi 7 ga bo’linadigan 7 ta son tanlash
mumkinligini isbotlang.
11