A quchqorov, sh. Ismailov


Bo’rilar va quyonlar orolida



Yüklə 289,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix13.09.2023
ölçüsü289,98 Kb.
#143127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mantiqiy masalalar 40

2. Bo’rilar va quyonlar orolida. 
Sexrli orolda faqat bo’rilar va quyonlar 
yashaydi. Ular sexrli xislatlarga ega. Bo’rilar haftaning seshanba, chorshanba va 
payshanba kunlari faqat rost gapiradilar, qolgan kunlari esa faqat yolg’on 
gapiradilar. Quyonlar esa haftaning payshanba, juma va shanba kunlari faqat 
yolg’on, qolgan kunlari esa faqat rost gapiradi. 
1. Bir kuni Afandi oroldagi daraxt soyasida dam olayotgan bo’ri va quyonga duch 
keldi. Ular quyidagi gaplarni aytdilar: 
Bo’ri: kechadan oldingi kun men yolg’on gapirgan edim. 
Quyon: shu kuni men ham yolg’on gapirgan edim. 
Bu voqea haftaning qaysi kuni ro’y bergan? 
2. Boshqa bir kuni Afandi orolda bitta bo’riga duch keldi. Bo’ri unga ikkita gap 
aytdi: a) Kecha men yolg’on gapirgan edim. b) Ertadan keyin men ketma – ket 
ikki kun yolg’on gapiraman. Bu uchrashuv haftaning qaysi kuni ro’y bergan? 
3. Haftaning qaysi kunlari quyon quyidagi gaplarni aytishi mumkin: 
a) Kechadan oldingi kun men yolg’on gaprdim; 
b) Men ertadan keyin yolhon gapiraman? 
4. Haftaning qaysi kunlari bo’ri quyidagi gaplarni aytishi mumkin: “Men kechadan 
oldingi kun yolg’on gapirgan edim, ertadan keyin ham yolg’on gapiraman” 
5. “Bugun haftaning qaysi kuni?”- degan savolga bo’ri “juma”- deb, quyon esa
“shanba”- deb javob berdi. Bu haftaning qaysi kuni ro’y bergan? 
6. “Bugun haftaning qaysi kuni?” - degan savolga bo’ri ham quyon ham “juma”
yoki “seshanba” deb javob berdi. Bu haftaning qaysi kuni ro’y bergan? 
 
 
26


8-§. Dirixle printsipi 
 
1. Matematiklar davlatida 15 ta shahar bor. Ulardan ba’zilari yo’llar bilan 
tutashtirilgan. Qandaydir ikkita shahardan bir xil sondagi yo’llar orqali chiqish 
mumkinligini isbotlang. 
2. O’n beshta o’rtoq uchrashib qolib, qo’l berib so’rasha boshlashdi. Ixtiyoriy 
vaqtda bir xil sonda qo’l berib ko’rishgan ikkita o’rtoq topilishini isbotlang. 
3. Maktabda 30 ta sinf va 1000 ta o’quvchi bor. O’quvchilari a) 34 tadan kam 
bo’lmagan; b) 33 tadan ko’p bo’lmagan sinf topilishini isbotlang. 
4. a) Kafeda muzqaymoqning 4 xili sotiladi. 47 kishining har biri bittada
muzqaymoq sotib olidi. O’n ikkitadan kam bo’lmagan odam bir xil
muzqaymoq tanlanganini isbotlang. b) Kafeda muzqaymoqning 4 turi sotiladi. 
47 kishining har biri 2 tadan muzqaymoq sotib oldi (bir hil bo’lishi ham 
mumkin). Bir xildagi haridni amalga oshirgan to’rt kishi topilishini isbotlang. 
5. a) Bayramga kuni sinf xonasi turli rangdagi 50 ta havo sharlarii bilan bezatildi.
Ular orasida 8 ta bir xil rangdagi yoki 8 ta turli xil rangdagi sharlar topilishini 
isbotlang. 
b) Agar 50 ni 49 ga almashtirsak, tasdiq to’g’riligicha qoladimi?
c) Yuqoridagi kabi masalani o’ngacha bir xil rangdagi yoki 10 ta turli xil 
rangdagi sharlar topiladigan qilib tuzing. 
d) 200 ta shar uchun yuqoridagi kabi masala tuzing. 
6. O’lchamlari 3x3 bo’lgan jadvalning har bir katagiga 1, 2 yoki 3 sonlari yozilgan. 
Hamma satrlar, hamma ustunlar va katta diagonallardagi sonlarning yig’indisi 
har xil bo’lishi mumkin-mi?
 
7. Shaxmat taxtasida bir-birini urmaydigan qilib, nechta a) ruh; b) shoh; c) ot; 
d) fillarni joylashtirish mumkin?
 
27


8. Dengiz jangi o’lchami 6x6 bo’lgan doskada uch katakli burchak shaklida kema 
joylashgan. Eng kami bilan necha marta o’q otib, kemaga tekazish mumkin? 
 
9. Tomoni 1 m bo’lgan kvadrat shaklidagi qog’ozda 51 ta kichik teshik ochilgan. 
a) Tomoni 20 sm bo’lgan kvadrat shaklidagi qog’oz bo’lagi yordamida kamida 
uchta teshikni yopish mumkinligini isbotlang. b) Tomoni 50 sm kvadrat 
shaklida bo’lgan qog’oz bo’lagi bilan nechta teshikni yopish mumkin? c) 
berilgan qog’oz bo’lagida radiusi 12,5 sm bo’lgan, birorta ham teshikni o’z 
ichiga olmagan doira borligini isbotlang. 
10. Doira shaklidagi katta stol atrofida 100 kishi o’tiribdi, shulardan 51 tasi erkak
kishi. Qaysidir 2 ta erkak kishi bir-biriga qarama-qarshi o’tirganini isbotlang. 
 
11. Sinfda 26 o’quvchi o’qiydi. Chorak davomida sinf o’quvchilari matematikadan 
313 baho to’plashdi. Bir xilda baho to’plagan ikkita o’quvchi borligini 
isbotlang.
12. 1, 2, ..., 9 sonlar uch guruxga ajratildi. Hech bo’lmaganda bitta guruxdagi 
sonlar ko’paytmasi a) 72 dan kichik; b) 72 dan kichik emasligini isbotlang. 
3
3
71
1 2 3 ... 9 72
< ⋅ ⋅ ⋅ ⋅ <
13. Sayyoramizdagi ikkita odam bir kunda, bir sekunda tug’ilganini isbotlang. 
Uchta odam haqida nima deyish mumkin? 
 
14. Qirol oy davomida har kuni shirinlik sifatida pirojniyning ikki turini
buyurdi. Agar qaysidir ikki kunda shirinliklar bir xil bo’lib qolsa, oshpazning 
boshi ketadi. Oshpaz boshi ketmasligi uchun pirojniyning necha xilini 
pishirishni bilishi kerak?
28


9

Yüklə 289,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin