Yuk ko'tarish kranlarining ishi qay holatlarda to'xtatiladi? Arqon (tros) qisilib qolganida, yuk ilish vositalari shikaslanganda, baxtsiz
hodisalar bo'lganda, elektr uskunalari nosozligida va boshqa holatlarda.
•
Yuk ko'tarish kranlarining boshqarish kabinalari o'rnatilishiga yuk ko'tarish kranlari TXFQ (PUBE) ning talablari? - Ko'prik tipidagi kranlar kabinasi, trolleylar osilgan tomonning qarama -
qarshisiga o’matilgan bo'lishi shart.
- Kabinaning poli metalldan bo'lmasligi, dielektrik rezinali gilamchalar solingan
bo'lishi kerak.
- Kabinani atrofi balandligi bir metrdan past bo'lmagan to'siqlar bilan to'silgan
bo'lishi kerak.
Ko'prik tipidagi kranlarni sanoat binolarida o'rnatishga, shuningdek qurilish - montaj ishlari uchun o'rnatiladigan kranlarni o'rnatishga bo'lgan talablar? - Sexlarda ko'prik kranlari loixalariga asosan o'matiladi, minora va mobil kranlari
qurilish - montaj ishlarini bajarishi uchun “Kranlar bilan ishlash ishlab chiqarish
loyixasi” asosida bajariladi.
TXFQ (PUBE) ning relsli kran osti yo'llarini tuzilishiga bo'lgan talablari? - Yuk ko'tarish mashinasining relsli kran osti yo'llari qurilmalari quyidagi
ma'lumotlarga ega bo'lgan maxsus tashkilotlar ishlab chiqqan loyixasiga asosan
bajariladi:
- Reis turlari, shpallaming uzunligi va kesimi, ular o'rtasidagi oraliq masofalar.
- Relslami o'zaro va shpallarga mahkamlash uslublari.
- Relslar orasidagi zazor.
- Yo'l oxirlaridagi to'xtatish to'siqlar konstruktsiyasi.
- Reis yo'lining erga ulash qurilmalari.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi bu nima? Sanoat xavfsizligi ekspertizasi - ekspertiza ob'ektining unga qo'yiladigan sanoat
xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash.
Qanday ko'tarma mexanizmlar nazorat organlari tomonidan ro'yxatga olinadi? - Boshqarish kabinalariga ega bo'lgan barcha yuk ko'tarish kranlari.
- Ko'prik tipidagi yuk ko'tarish qobilyati 10 tonnadan ortiq bo'lgan, poldan
boshqariluvchi kranlar.
- Kryuk va elektromagnit bilan ishlashga moslashtirilgan ekskavatorlar.
- Yuqoridagi rels yo'llarida harakatlanuvchi boshqaruv kabinalariga ega bo'lgan
elektr yuk telejkalari.