O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

15.1-chizma.
Import tariflari kiritilishi natijalari 

Sd 
Pe _______________e 
Pd Ichki narx (tarif bilan birga) 
Pw
a b c d t
Jahon narxi
Dd
Tariflar joriy qilingandan
keyingi import 
0 Qs Q‘s Q‘d Qd 
Tariflar joriy qilingunga qadar bo‘lgan import


194 
Oqibatda iste‘molchilar ma‘lum bir yo‗qotishlarga duch keladilar. 
Bu yo‗qotishlar grafikda a, b, c, d sohalar bilan ko‗rsatilgan. 
Baholarning ko‗tarilishi ilgari raqobatbardosh bo‗lmagan ayrim 
ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko‗rib ishlashga imkon 
beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab 
chiqarish hajmini Qs dan Q‘s ga qadar oshiradi va Qd-Q‘d hajmdagi 
mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste‘molchilar 
oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo‗qotishga duch 
keladilar. Ammo, bu yo‗qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o‗sgan 
foydasiga aylanadi. 
Tarif kiritilishi oqibatida iste‘molchilar talabi arzon import 
tovaridan qimmat ichki tovarga yo‗naltiriladi. Iste‘molchilarning o‗sgan 
to‗lovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo‗lmagan 
samarasiz 
ichki 
ishlab 
chiqarishni 
kengayishiga 
olib 
keladi. 
Iste‘molchilarning bu yo‗qotish v sohasi bilan belgilangan bo‗lib 
tarifning «ishlab chiqarish samarasi‘ deyiladi va hech kimning foydasi 
bilan qoplanmaydi. 
Iste‘molchilarning 
yo‗qotishlari 
Ishlab 
chiqaruvchilar
foydasi 
Davlat daromadi 
Jamiyatning sof 
yo‗qotishi 
a + b+ c + d -- 
a -- 
s = 
b + a 
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko‗ra 
import tariflari:
-
mamlakatda bandlilik darajasi o‗sishini ta‘minlaydi va yalpi 
talabni rag‗batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof 
eksport o‗sadi va joriy operasiyalar bo‗yicha to‗lov balansi holati 
yaxshilanadi; 
-
milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun 
zarur; 
-
davlat byudjeti daromadlarini to‗ldirish manbai bo‗lib xizmat 
qiladi; 


195 
-
milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko‗rinishidagi chet el 
raqobatidan himoya qiladi; 
-
iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi 
hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‗or siljishlar 
rag‗batlantiriladi va h.k. 
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo‗llovchi fikrlarga aksincha 
bo‗lgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o‗tilgan natijalarga 
boshqa usullar bilan kamroq yo‗qotishlar hisobiga ham erishsa bo‗ladi 
degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir. 
Birinchidan
, import tariflari iste‘molchilar turmush darajasining 
pasayishiga olib keladi. 
Ikkinchidan,
import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida 
himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi. 
Uchinchidan,
tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash 
masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin