O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

aktiv balansi
(profisiti) tashkil etadi va 
to‗lovlarning tushumlardan oshib ketishi to‗lov balansining 
passiv 
balansi
(defisiti) hisoblanadi. 
To‗lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga 
bo‗linadi: joriy operasiyalar va kapital harakati bilan bog‗liq 
operasiyalar. Shunga ko‗ra to‗lov balansi struktarasi ham ikki qismdan 
iborat:
1. Joriy operasiyalar hisobi; 
2. Kapital harakati hisobi. 
Joriy operasiyalar hisobida
mahsulotlar va xizmatlar eksporti 
―plyus‖, import esa ―minus‖ ishoralari bilan belgilanadi. Ya‘ni, joriy 
operasiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha 
mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida 
ko‗rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib
mamlakat valyuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta 


202 
chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o‗z navbatida mamlakat valyuta 
zahirasini kamaytiradi.
Joriy operasiyalarning asosiy moddasi 
tovarlar eksporti va importi
hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig‗i deb 
yuritiladi.
Joriy operasiyalarning keyingi moddasi – bu, 
xizmatlar (transport, 
sug„urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir

Misolimizda tovarlar bilan bo‗lgan operasiyalardagi kabi xizmatlar bilan 
bo‗lgan operasiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko‗proq oladi 
ya‘ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga 
keladigan sayyohlarga nisbatan ko‗proq boradilar, shuningdek, 
mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug‗urta xizmatlarini 
ko‗rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug‗urta 
kompaniyalari ko‗rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va 
h.k.
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo‗yicha 
to‗lovlarni o‗z ichiga oladi. Agar xorijga qo‗yilgan milliy kapital uchun 
chet to‗lovlari bo‗yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan 
xorijiy kapital uchun to‗lanadigan to‗lovlar miqdoridan ko‗p bo‗lsa, 
unda sof daromad musbat bo‗ladi . 
Transfert ko‗rinishida pul o‗tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda 
yashayotgan fuqarolariga to‗lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning 
xorijdagi o‗z qarindoshlariga pul o‗tkazmalari, turli ko‗rinishdagi 
hukumat yordamlarini o‗z ichiga oladi. Jadvaldan ko‗rinib turibdiki
xorijga jo‗natilayotgan pul o‗tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan 
yuqori, ya‘ni, operasiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zahiralarini 
kamaytiradi. 
Makroiqtisodiy modellarda joriy operasiyalar balansi qoldig‗i 
quyidagicha beriladi: 
X – M = Xn = Y-(S+I+G); bu yerda: X - eksport; M - import; 
Xn - sof eksport;
S + I + G -YaIMning bir qismi (absorbsiya) 
Joriy operasiyalar balansida kamomad bo‗lgan sharoitda
mamlakatning 
eksportdan 
olgan 
daromadlari 
importga 
qilgan 


203 
xarajatlaridan kam bo‗ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki 
mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali 
qoplashi mumkin. Bu operasiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga 
olib keladi. 
Investitsiyalash va kreditlash bilan bog‗liq operasiyalar to‗lov 
balansining keyingi bo‗limida, ya‘ni, 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin