kapitallar harakati hisobida aks
ettiriladi.
Mamlakatda ma‘lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini
sotib olish va sotish bilan bog‗liq operasiyalariga kapital harakati hisobi
deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, yer, uy-joylar,
qimmatbaho qog‗ozlar, aksiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa
aktivlarni olish-sotish bilan bog‗liq kapitallar oqimi aks ettiriladi.
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo‗yicha barcha xalqaro
operasiyalar ko‗rsatiladi.
Kapital harakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar. Xorijga aktivlarni sotish valyuta zahirasini ko‗paytirsa, sotib olish
esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha
operasiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko‗rsatadi. Kapital
harakati hisobining ijobiy qoldig‗i mamlakatda kapital ko‗payishini
bildirsa, uning salbiy qoldig‗i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.
Joriy operasiyalar bo‗yicha balans va kapital harakati balansi
o‗zaro chambarchas bog‗liq, ya‘ii balansning bu ikki bo‗limi bir-biri
bilan tenglashib boradi.
To‘lov balansi qoldig‘i= Joriy operasiyalar + Kapital harakati balansi Biroq, amalda to‗lov balansining bu qismida ham ko‗pincha
kamomad yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning
Markaziy banklari rasmiy zahiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta
zahiralariga ega bo‗lib, bu zahiralar joriy operasiyalar bo‗yicha balans
va kapital harakati bo‗yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda
qo‗llaniladi.
204
Joriy operasiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o‗zaro
aloqalarini
umumlashtirsak,
uning
makroiqtisodiy
ko‗rinishi
quyidagicha bo‗ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn
(I-S)+Xn=0 ( egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy
bank aralashmagan sharoitda).
Bu yerda: Sn – milliy jamg‗arish; (I-S) – miqdori ichki
investitsiyalarning ichki jamg‗armalardan ortiqchaligini ko‗rsatadi va
kapital harakati hisobi qoldig‗ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko‗ra joriy operasiyalar va
kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to‗lov balansining joriy operatsiyalar bo‗ycha
kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Xn < 0
X-M < 0
X< M ;
I-S >0
I >S
xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg‗armalardan ko‗p bo‗lsa (I >
S), ortiqcha investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga
moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni
eksport qilishga nisbatan ko‗proq import qilinishini taminlaydi (M>X).
Ya‘ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo‗ladi. Mamlakat
xalqaro jarayonga qarzdor bo‗lib qatnashadi.
Joriy operasiyalar musbat qoldiqqa ega bo‗lganda, ortiqcha
mablag‗lardan xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko‗chmas mulk
sotib olishda foydalaniladi.
Xn>0
X-M>0
X>M;
I-S<0
I
xorijga kapital chikarilishi
Davlatlar rasmiy zahiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga
ega bo‗lmagan to‗lov balansining katta davriy taqchilligi bo‗lgan
205
hollarda o‗z valyutalari devalvasiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu
importning fizik hajmi ko‗payishiga va oqibatda mamlakatda xorijiy
valyuta tushumining o‗sishi hamda to‗lov balansi kamomadi tugatiladi.
0>