O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


To‗lov balansini tartibga solish vositalari va usullari



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

16.2. To‗lov balansini tartibga solish vositalari va usullari 
Har bir mamlakat muvozanatli to‗lov balansiga intiladi. Ayni 
paytda, dunyo davlatlarining to‗lov balanslari doimo muvozanat holatida 
bo‗lmaydi, chunki joriy operatsiyalar hisobvarag‗i balansi va yakuniy 
balans qoldig‗i nolga teng emas va ularni balanslash kapital harakati, 
davlat balansi operatsiyalari va zaxiralarning o‗zgarishi orqali amalga 
oshiriladi. Agar ilgari to‗lov balansining muvozanatsiz holati nisbatan 
kamdan-kam kuzatilgan bo‗lsa, endi bu deyarli doimiy hodisaga aylandi 
va keskinlashmoqda. Bunday holat global iqtisodiyotdagi sezilarli 
o‗zgarishlar bilan bog‗liq. 
To‗lov balansi muvozanatini ta‘minlash uchun joriy hisoblar va 
kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo‗ladi. 
Markaziy Bank valyuta intervensiyasini amalga oshirish chorasini 
ko‗rmasa, va rasmiy valyuta zahiralari miqdorini o‗zgartirmasa to‗lov 
balansi hisoblarini valyuta kursining erkin tebranishi hisobiga o‗zaro 
tartibga solish amalga oshiriladi.
Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to‗lov balansini tenglashtirishda 
katta imkoniyatlarga ega bo‗lsada, kamchilikliklardan xoli emas. 
Chunonchi, bunday valyuta birinchidan, savdoning noaniqligi va 
qisqarishiga, 
ikkinchidan, 
savdo 
sharoitining 
yomonlashishiga, 
uchinchidan, beqarorlikka va boshqalarga olib keladi. 
Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el 
valyutasini sotib yoki sotib olib valyuta kursini erkin tebranishiga 
barham bersa valyuta kursining erkin tebranishi vositasida to‗lov 
balansini tartibga solish zarurati yo‗qoladi. 
Bunda to‗lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini 
qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki 
bozorda chet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operasiya 
eksportga xos bo‗lib kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda 


206 
xorijiy valyuta zahirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga olinadi. 
Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi kamayadi, 
uning almashinuv kursi nisbatan ko‗tariladi va bu investitsiyalar hajmiga 
hamda iqtisodiy o‗sishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
To‗lov balansining aktiv-(musbat) qoldig‗i esa Markaziy bankning 
rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda 
Markaziy bank valyuta zahiralarini to‗ldirish uchun chet el valyutasini 
sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan 
oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga 
(investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‗sishga) rag‗batlantiruvchi ta‘sir 
ko‗rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o‗tkaziladigan bunday operasiyalar 
rasmiy rezervlar bilan bo‗ladigan operasiyalar deyiladi. Bu operasiyalar 
natijasida to‗lov balansi qoldig‗i nolga tenglashishi kerak. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin