19
(ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste‘mol (S), Jamgarish
(S) ko‗rsatkichlarining hajmi va o‗sish sur‘atlari;
-
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
-
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi
va o‗sish suratlari;
-
resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi
ko‗rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
-
davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari
indeksi, inflyatsiyaning o‗sish sur‘atlari;
-
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik
darajasi;
-
aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi,
ularning jamgarmalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko‗rsatkichlar
umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‗llanilsa, YaIM,
SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko‗rsatkichlari milliy ishlab
chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu ko‗rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari
natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy
mamlakatni hisobchilik tizimi (MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat
buxgalteriyasi vazifasini o‗tagani holda uning standartlaridan kelib
chiqqan
holda
makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlarni
hisoblash,
mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining foydalaniladi haqiqiy holatini o‗rganish,
unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o‗tilgan barcha
ko‗rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama
yondoshuvga yo‗l qo‗yilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: