O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


Sp = Sd + Sx = (U + TR + N –T) -C + ( T – TR – N )) - G + (-



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Sp = Sd + Sx = (U + TR + N –T) -C + ( T – TR – N )) - G + (-
Xn) 
yoki 
Sp + Sd + Sx = U - C - G - Xn 
S = C + I + G - Xn - C - G - Xn 
S = I 
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki 
jamg‗armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg‗armalari hisobiga ham 
amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan 
yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar 
oqimining o‗sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir. 


28 
2.4. Nominal va real YaIM 
Iqtisodiyotda mavjud bo‗lgan inflyatsiya jarayonlari YaIMni 
hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‗rsatkich dinamikasi bir vaqtning 
o‗zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining 
o‗zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir 
vaqtning o‗zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, 
ham baho darajasi o‗zgarishi ta‘sir ko‗rsatadi. 
2.1-rasm. O‗zbekistonda real YAIM suratlari, o‗tgan yillarga 
nisbatan foiz hisobida 
Iqtisodiyotda 
doimiy 
inflyatsiya 
jarayonining 
mavjudligi 
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur 
etib qo‗yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib 
ko‗rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish 
uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‗rsatkichlardan emas, 
balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‗rsatkichlardan 
foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o‗laroq milliy 
iqtisodiyotda juda ko‗p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi 
sababli ularning barchasini bir vaqtning o‗zida taqqoslama baholarda 
hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan 
eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o‗zgarishi koeffisiyenti 


29 
(baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy Iqtisodiyot 
uchun tadbiq etiladi. 
Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun: 
-deflyator (Paashe indeksi); 
-iste‘mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi); 
-sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin