26
YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashkarisidan olingan
transfertlar – Mamlakatdan tashkariga berilgan transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste‘mol va milliy
jamg‗arish uchun ishlatiladi.
YaMTD= Yakuniy iste‘mol + Milliy jamg‗armalar
Yakuniy iste‘mol uy xo‗jaliklarining iste‘mol xarajatlaridan
tashqari hukumatning iste‘molga xarajatlarini ham o‗z ichiga oladi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi
jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar o‗rtasida ma‘lum
proporsiyalar yoki tenglik ta‘minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan
tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo‗laklarining
nisbatini, yoki shu bo‗laklar o‗rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga
mavzumizning YaMTD ning yakuniy iste‘mol va milliy jamg‗arishga
bo‗linishini misol qilib keltirish mumkin.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo‗lishi uchun ayrim
ko‗rsatkichlarning
aynan
teng
bo‗lishi
talab
etiladi.
Dostları ilə paylaş: