O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


O‗z-o‗zini tekshirish va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

O‗z-o‗zini tekshirish va muhokama uchun savollar 
1. "Avtonom iste'mol" nima? 
2. Iste‘mol va jamg‗arish grafiklaririni izohlang. 
3. Iste'molga o‗rtacha va chekka moyillik qanday aniqlanadi? 
4. Jamg‗arishga o‗rtacha va chekka moyillikni qanday tushunasiz? 
5. "Yalpi" va "sof investitsiya" tushunchalarining mohiyatini 
tushuntiring. Haqiqiy investitsiyalar qanday ifodalanadi? 
6. Qaysi mablag‗larni investitsiya tarkibiga kiritamiz? 


80 
VII BOB. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR 
MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI 
7.1. Klassik umumiy iqtisodiy muvozanat modeli 
 
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy 
muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat 
konsepsiyasiga ko‗ra iqtisodiyotda faqatgina to‗liq bandlilik sharoitidagi 
muvozanat mavjud bo‗lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning 
bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko‗ra mehnat taqsimotiga 
asoslangan iqtisodiyotda har bir subyektning ishlab chiqarishi bir 
vaqtning o‗zida boshqa subyektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab 
hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo‗ladi. Klassik 
iqtisodchilar fikriga ko‗ra AD ≠ AS holati ro‗y bermaydi, umumiy 
xarajatlar miqdori yetishmay qolgan, ya‘ni AD< AS holati ro‗y bergan 
sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga 
tushadi 
va 
natijada 
xarajatlar 
miqdorining 
kamayishi 
ishlab 
chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining 
kamayishiga olib kelmaydi. 
Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish 
hajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining 
funksiyasi hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan 
potensial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan 
baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud 
resurslarning to‗liq bandlilgini ta‘minlab turadi. 
Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o‗ziga xos 
xususiyati pulning neytralligi prinsipini ko‗zda tutishidir. Bu model pul 
massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi degan 
prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga 
faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya‘ni oldi-sotdi jarayonida sof texnik 
vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko‗ra klassiklar 
tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin