O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

8.2.
 
Pulga bo‗lgan talab. Pulga bo‗lgan talab konsepsiyalari 
Pulga talabning turli xil nazariy modellari mavjud: pulga talabning 
klassik miqdoriy nazariyasi 
; pulga talabning 
keynscha nazariyasi
 

pulga bo‗lgan talabning 
monetaristik nazariyasi

Pulga talabning klassik nazariyasi.
 
Pulning miqdoriy nazariyasi 
pulga bo‗lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi: 
M · V = P · Y 
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish 
tezligi; 
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. 
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan 
barqaror bo‗lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. 
Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar 
joriy qilinishi natijasida u o‗zgarishi mumkin. V doimiy bo‗lgan 
sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo‗ladi: 
M · V* = P · Y
(Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y 
M= ----------- 
V* 
P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy 
miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo‗lgan pul miqdori 
ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi 
o‗zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o‗zgarishiga 
bog‗liq. Muomaladagi pul massasining o‗zgarishi, klassik nazariyaga 
ko‗ra, Y sekin o‗zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Bu holat ―pulning neytralligi‖ nomini olgan. 
Monetaristlar qoidasiga ko‗ra hukumat pul massasining o‗sish 
sur‘atini, real YaMMning o‗rtacha o‗sish sur‘ati darajasida ta‘minlab 
tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo‗ladi. 
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli 
Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi: 
M=k*PY
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.


93 
k - koeffisiyentni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar 
(P·Y)dagi ulushini ko‗rsatadi. 
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo‗lgan turlicha 
moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri 
ko‗rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko‗zda tutadi. 
Pulga real talab quyidagi ko‗rinishda hisoblanadi:

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin