103
– byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi,
barcha turdagi pensiyalar
va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarning
miqdorini inflyatsiya darajasidan yuqoriroq darajada oshirish. Bundan
ko‗zlangan maqsad, respublika aholisining
turmush darajasini yanada
oshirish va fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirishdan iborat;
Bundan tashqari mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo‗jaligining
tutgan o‗rniga e‘tibor qaratilib va iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan
tuzilmaviy o‗zgarishlar talablaridan kelib chiqib byudjet mablag‗lari,
eng avvalo quyidagi masalalarni yechishga: qishloq xo‗jaligida iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish; sug‗oriladigan yerlarni suv bilan yetarlicha
ta‘minlash; fermer xo‗jaliklarini
rivojlantirish; qishloq joylarda ishlab
chiqarish munosabatlarini takomillashtirish;
bozor prinsiplariga mos
ravishda qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishning uyushgan boshqaruv
tizimini
joriy
etish;
qishloq
xo‗jaligi
mahsulotlarini
ishlab
chiqaruvchilarning erkinligini oshirishga qaratilgan.
Byudjet daromadlariga
quyidagilar kiradi: soliqlar (to‗g‗ridan-
to‗g‗ri va bilvosita), kreditlar bo‗yicha foizlar,
korxona foydasidan,
xususiylashtirishdan, qimmatli qog‗ozlardan, davlat bojlaridan, shtamp
bojidan va boshqalar. Davlat byudjetining asosiy manbai soliqlardir.
Dostları ilə paylaş: