111
yohud ikkalasini bir vaqtning o‗zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq
muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‗lishi va soliqlarni kamaytirish
ishlab chiqarish omillarining o‗sishiga
va natijada, iqtisodiy
salohiyatning ko‗tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga
Markaziy bank tomonidan olib boriladigan
pul-kredit siyosatidan
samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib
kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to‗liq bandlik va
ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo‗lgan
vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi.
Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G)
kamaytirish yoki
soliqlarni (T) oshirish yoki bo‗lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib
borish orqali iqtisodiyotning davriy o‗sishini chegaralashdan iborat.
Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini
kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori
soliqlar iqtisodiyotda
stagnasiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy
salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz
foydalanish qo‗shimcha turtki bo‗lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: