O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

 
 
 
 
 
 
 


101 
IX BOB. IQTISODIYOTNING MOLIYAVIY SEKTORI 
9.1. Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari 
Moliya - bu takror ishlab chiqarish jarayonni ta'minlash va jamiyat 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida mablag‗larni (moliyaviy resurslarni) 
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga 
keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir. 
Moliyaviy faoliyatni, moliyaviy munosabatlarni va ularga xizmat 
ko‗rsatuvchi maxsus muassasalarni (Moliya vazirligi, banklar, 
g‗aznachilik, soliq xizmatlari) tartibga soluvchi shakllar, usullar va 
normalarning yig‗indisi birgalikda davlatning moliyaviy tizimini tashkil 
etadi. 
Davlat o‗z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba 
sifatida davlat byudjetiga tayanadi. Davlat byudjeti mamlakat moliya 
tizimining markaziy unsuri bo‗lib makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta‘minlashda muhim rol o‗ynaydi. 
Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat 
bo‗lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash 
mumkin. 
Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bo‗lmagan tushumlar 
hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina 
shakllanadi deb qaraladi. 
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar
markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, 
ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish 
moddalari mavjud.
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert 
to‗lovlari) ko‗paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga 
aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki 
byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash 
va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi 
mutanosiblikni ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam 
shakllarini ko‗rsatish, baholar ustidan nazorat o‗rnatish, eksport va 


102 
import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‗rnatish va shuningdek, 
mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-
tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko‗rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, 
subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. 
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‗rinishidagi yordam turi 
bo‗lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko‗rsatiladi. 
Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‗lishi mumkin. Bevosita 
subsidiyalarga kapital qo‗yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta 
tayyorlashga ajratilgan mablag‗lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq 
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona 
bojlari va boshqalar kiradi. 
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‗rinishida 
himoya qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‗p qirrali soliqlar tizimidan 
foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga 
qarab daromad solig‗i to‗laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab 
foydadan soliq to‗laydilar. Shu kabi juda ko‗p mavjud soliq turlaridan 
oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq 
stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan 
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‗rsatadi. Soliqlarni o‗zgartirish 
orqali investitsiyalar va jamg‗armalar rag‗batlantiriladi. 
Davlat byudjeti mablag‗lari hukumatning daromadlarni va 
resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasini bajarishi uchun imkoniyat 
yaratadi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin