O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

1 b 
Δ
Y= ----------------- 
Δ
G - ------------------ 
Δ
Ta 
1-b(1-t)+m‘ 1-b(1-t) + m‘ 
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga 
ko‗paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki 
undan kamroq summaga ko‗payadi. Buni balanslashgan byujet 
multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet multiplikatori birga 
teng yoki undan kichikroq bo‗ladi. 
Davlat xarajatlari o‗zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ 
samara soliqlar pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan 
kattaroq bo‗ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is‘temol 
hajmiga ta‘siri (soliqlar o‗zgarishi ta‘siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi 
oqibatidir. 
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol 
o‗ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‗lsa, davriy 
pasayishni tugatish uchun o‗z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani 
cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan 
bo‗lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy 


116 
ko‗tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo‗l 
hisoblanadi. 
9.4. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Byudjet taqchilligi va 
ortiqchaligi 
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya 
sur‘atlari va to‗lov balansi holatini o‗zgartirishga yo‗naltirilgan maxsus 
qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat 
byudjeti qoldig‗ini maqsadli o‗zgartirilishi 
diskret fiskal siyosat
deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida 
jami talabni rag‗batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va 
soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga 
keltiriladi. O‗z navbatida davriy ko‗tarilish paytida byudjet ortiqchaligi 
yuzaga keltiriladi. 
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim 
rol o‗ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt 
oraliqlari bilan bog‗liq. Ya‘ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion 
zo‗riqishning paydo bo‗lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan 
muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini 
o‗zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta‘minlash 
jarayonlarining har biri o‗rtasida ma‘lum vaqt o‗tadi. 
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‗zgaradi va ko‗rilgan chora-
tadbirlar kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy 
tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish 
zarurati yuzaga keladi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin