117
pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga,
ishlab chiqarishni
kengaytirishga rag‗batni yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek
pasayish davrida davlat transfertlari,
jumladan ishsizlik nafaqasi
to‗lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif
hajmini oshishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion
ta‘sir ko‗rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar
stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Ayni
paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining
bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo
nodiskret fiskal siyosat
vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‗liq yumshatish imkonini bermaydi
va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.
Iqtisodiyotning o‗rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet
taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog‗liq.
Davriy taqchillik
(ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq
tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining
avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida
yuzaga keladigan davlat
byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Dostları ilə paylaş: