O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


-chizma  Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

9.2-chizma 
Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
G,T T‘
T=Ta+tY 
Byudjetning G=cont
Byudjetning 
davriy
davriy profisiti 
taqchilligi 
G=Ga-γY
Y1 Y0 Y2 


118 
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat 
transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi. 
Davriy
yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko‗payishi va 
davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo 
bo‗ladi. Davlat xarajatlari o‗zgarmas bo‗lgan sharoitda ham byudjet 
taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo‗lishi mumkin. Davriy taqchillik va 
ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funksiyalari grafiklarining 
«tikligiga‖ bog‗liq. Soliq funksiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy 
soliq stavkasi t ning miqdoriga bog‗liq t qancha yuqori bo‗lsa T chizig‗i 
shuncha tik bo‗ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi 
o‗zgarishining daromadlar o‗zgarishiga bog‗liqligini xarakterlovchi γ 
koeffisent qancha kichik bo‗lsa, G chizig‗i ham shuncha tik bo‗ladi.
Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq to‗lovlari oshaveradi, 
byudjetdan transfert to‗lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog‗liq bo‗lmagan o‗zgarmas miqdor 
bo‗lganda t qanchalik katta bo‗lsa T chizig‗i shuncha tik va 
iqtisodiyotning o‗rnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori 
bo‗ladi. Ammo iqtisodiy o‗sishning ta‘minlash vazifasi T va G 
chiziqlarini yotiqroq bo‗lishini taqozo etadi. 
O‗rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaMM hajmini , 
uning potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to‗liq 
tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud 
bo‗lishi mumkin. 
To‗liq bandlikni ta‘minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi 
natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya‘ni 
to‗liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari 
(xarajatlari) o‗rtasidagi farq yuzaga keladi. 
Davriy taqchillik ko‗pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi 
va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi. 
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 
1. Pul-kredit emissiyasi; 
2. Davlat zayomlarini chiqarish; 
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko‗paytirish. 


119 
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda 
muomalada pul massasini ko‗paytirish inflyatsiyaga olib keladi. 
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo‗ladi. 
Ya‘ni, soliq to‗lovchilar tomonidan davlatga to‗laydigan soliqlar 
to‗lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti 
kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat 
xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, 
lekin ular to‗lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o‗z 
mahsulotlari 
narxlarini 
oldindan 
oshirib 
qo‗yishadi. 
Bu 
esa 
inflyatsiyaning oshishiga olib keladi. 
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali 
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o‗z 
navbatida foiz stavkasini ko‗tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda 
investitsiya xarajatlari, sof eksport hajmi va qisman iste‘mol xarajatlari 
kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro‗y beradi va u fiskal 
siyosatning rag‗batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo‗yadi. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyasion 
usul hisoblansada inflyatsiya xavfini ma‘lum muddatga kechiktiradi 
xolos. Chunki muddati yetgan zayomlarni sotib olish bilan davlat 
muomaladagi pul massasini ko‗paytiradi. Bu esa o‗z navbatida, baholar 
darajasining ko‗tarishiga sabab bo‗ladi. Soliq tushumlarini ko‗paytirish 
byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo‗li bo‗lib, u uzoq 
muddat talab etadigan soliq islohati o‗tkazilishini talab etadi. Bu 
islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, 
soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko‗proq mulk egalari va mulkdan 
foydalanuvchilar zimmasiga o‗tkazish orqali soliqlar tushumini 
ko‗paytirishni ko‗zda tutadi. 
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul 
mablag‗larini olib qo‗yish va davlat qarzlarini to‗lash kiradi. 
Davlat qarzlarini to‗lash nominal daromadlar va muomaladagi pul 
massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi 
mumkin. Shu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag‗larni muzlatib qo‗yish 
byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyasion usulidir. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin