O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


 Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

 
10.3. Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va 
ko‗rinishlari
Pul-kredit siyosati bir qator umumiy iqtisodiy maqsadlarga 
erishishga qaratilgan makroiqtisodiy siyosatning muhim qismidir. Bu 
hukumatning pul tizimi sohasidagi chora-tadbirlar majmuidir. 
Pul-kredit siyosati 
deganda, to‗liq bandlik sharoitida yalpi milliy 
mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta‘sirini kamaytirish yoki 
bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‗zgartirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat 
tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning 
yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni 
ta‘minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. 
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari 
iqtisodiy o‗sish, to‗liq bandlikni, baholarning hamda to‗lov balansining 
barqarorligini ta‘minlashdan iborat. 
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul 
massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal 
kattaliklarini ta‘minlab turish zarur bo‗ladi. Bu vazifalarni amalga 
oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi. 
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko‗rsatiladi:
1. Majburiy zahiralar normasi; 
2. Ochiq bozordagi operasiyalar;
3. Hisob stavkasi. 
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari 
ko‗rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta‘sir o‗tkazadi, 


126 
taklifini o‗zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga 
solib turadi. 
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri –
majburiy bank 
zahira me‟yorini
o‗zgartirish siyosatidir.
Majburiy zahiralar – bu, 
kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir 
qismidir. Zahira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank 
likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit 
emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda 
ushlab turishga majbur bo‗lgan zahiralarning eng quyi normasini 
o‗rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, 
imkoniyatiga ta‘sir etadi. Bu me‘yor qanchalik yuqori bo‗lsa, ortiqcha 
zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo‗li bilan 
«pullarni barpo etish‘ qobiliyati past bo‗ladi. Ilk majburiy zahira 
normalari AQSh da 1865 yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank 
majburiy bank zahirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zahiralari ortadi, bu 
esa pul taklifining multiplikasion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu 
me‘yor 25 % bo‗lsa, unda bankka qo‗yilgan 800 so‗mdan 200 so‗m 
majburiy bank me‘yorini tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so‗mni 
qarzga berishi mumkin bo‗ladi. Endi faraz qilaylik, me‘yor 10 % ga 
tushiriladi, unda bank 720 so‗mni qarzga berish imkoniyatiga ega 
bo‗ladi va boshlang‗ich pul taklifini 720 so‗mga oshiradi. 
Majburiy bank zahirasi me‘yorini ko‗tarish yordamida pul taklifini 
kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zahiralari qisqarishiga 
olib keladi. Pul-kredit siyosatini o‗tkazishda bu vosita butun bank 
tizimining asoslariga ta‘sir etadi. Turli mamlakatlarda qo‗llanilayotgan 
majburiy zahira normalari turlichadir. Yuqori inflyatsiya darajasi 
sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo‗lgan bo‗lsa,
Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo‗g‗i -2.5 foizni tashkil etadi. 
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi 
shart emas. Aksincha ko‗pincha bir necha vosita birdaniga qo‗llanilishi, 
ya‘ni kompleks siyosat o‗tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo‗sh, pul-kredit 
siyosatining oqibatlari qanday? Davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va 
baholar darajasiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda 


127 
ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday 
sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko‗rib 
chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul 
taklifi o‗sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga 
bo‗lgan talabni oshiradi va o‗z navbatida, YaIM miqdorining 
ko‗payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma‘lum davrda o‗z maqsadiga 
erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to‗xtaydi, ishsizlar soni 
kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi. 
Pul-kredit siyosatining oqibati to‗g‗risida gapirganda, bu 
siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. 
Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida 
YaIM miqdori o‗sishini rag‗batlantirilgan hamda ma‘lum darajada 
samaradorlikka erishilgan bo‗lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning 
samaradorligi pasayishi mumkin. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin