O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Ochiq bozordagi operasiyalar
– Markaziy bank tomonidan davlat 
obligasiyalarini (qimmatli qog‗ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib 
olish va ularga sotish bo‗yicha operasiyalardir. Markaziy bank tijorat 
banklaridan yoki aholidan bu qimmatli qog‗ozlarni sotib olar ekan, 
tijorat banklari zahiralarini sotib olingan obligasiyalar miqdori hajmida 
ko‗paytiradi. Bu zahiralar pul bazasiga kiradi, ya‘ni yuqori quvvatli 
pullar bo‗lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko‗payadi. Markaziy 
bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni 
hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu 
holda pul taklifi qisqaradi. 
Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda 
ochiq bozordagi operatsiyalarni, ya‘ni davlat qimmatli qog‗ozlarini 
taklif qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Ushbu operasiyalarni 
Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda 
amalga oshiradi.
Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi mavjud deb faraz 
qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirishga 
harakat qiladi. Buning uchun, o‗zida mavjud bo‗lgan o‗zining qimmatli 
qog‗ozlarini u ochiq bozorda aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni 
xarid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qog‗ozlarini (sotish yoki xarid 


128 
qilish yo‗li bilan) taklifi oshib borgan sari, unga bo‗lgan baho pasayadi, 
o‗z navbatida, unga bo‗lgan foiz (ya‘ni, qimmatli qog‗ozlarni sotib 
olganlarga foiz shaklida to‗lanadigan haq) oshadi, bu esa unga bo‗lgan 
talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qog‗ozlarni ko‗proq xarid 
qila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zahiralari qisqaradi, o‗z 
navbatida, bu hol pul taklifining bank multiplikatoriga teng nisbatda 
qisqarishiga, shuningdek, bank zahirasi va pul taklifining ortishiga olib 
keladi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki ham pul kredit 
siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maqsad qilib 
olgan. 
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri 
– bu, 
hisob stavkasi
siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash 
stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan 
ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim 
ko‗zda tutilmagan zarurat tug‗ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam 
bo‗lgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat 
banklarida Markaziy bankdan qo‗shimcha zahiralarni olish imkoniyatlari 
kengayadi. O‗z navbatida, bu tijorat banklarining zahiralardan yangi 
kreditlar berish bilan pul taklifini ko‗paytiradi. Yana shunday hollar 
mavjudki, markaziy bank hisob stavkasini ko‗tara borib, tijorat banklari 
tomonidan qo‗shimcha zahiralarni olish yo‗lidagi to‗siqlarni biroz 
ko‗targanday bo‗ladi va kreditlar berish bo‗yicha ularning faoliyatini 
pasaytiradi, shu yo‗l bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka 
past bo‗lsa, unda tijorat banklari ko‗proq kredit olishga harakat qiladilar. 
Natijada banklarning ortiqcha zahiralari ortib boradi va muomaladagi 
pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob 
stavkasi miqdori yuqori bo‗lsa, unda banklar kamroq kredit olishga, 
olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada 
ortiqcha bank zahiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi. 
Bu ko‗rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda iqtisodiy vaziyatga 
qarab turlicha maqsadda bo‗ladi. Masalan iqtisodiyotda turg‗unlik 
elementlari ko‗ringach investitsiyalarni qo‗llab quvvatlash va umuman 
iqtisodiy faollikni oshirish uchun AQSh Federal zahira tizimi hisob 
stavkasini 2002 yilda bir foizgacha qisqartirdi. 


129 
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining 
ta‘sir etishi jarayonlarini o‗rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu 
nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o‗rtasida ko‗p yillardan 
beri tortishuvlar bo‗lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va 
zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki 
nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga ta‘sirini inkor 
etmaydilar, ammo bu ta‘sirning ahamiyatiga har xil baho beradilar. 
Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga 
asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga 
asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda 
davlat aralashuvi shart deb hisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha 
deb hisoblaydilar. 
Keynschilar pul taklifining YaMIga ta‘sirini quyidagi ketma-
ketlikda amalga oshadi deb hisoblashadi:
-
pul taklifining o‗zgarishi foiz stavkasining o‗zgarishiga olib 
keladi; 
-
foiz stavkasining o‗zgarishi o‗z navbatida, investitsiyalarga 
bo‗lgan talabning o‗zgartiradi; 
-
investitsiyalarga 
talab 
o‗zgarishi yalpi talab (yalpi 
xarajatlarning o‗zgarishiga olib keladi; 
-
yalpi talabning o‗zgarishi ishlab chiqarish hajmiga
(YaIMga) ta‘sir etadi.
Monetaristlar esa pul miqdorining o‗zgarishi bilan YaMM 
o‗zgarishi o‗rtasida yaqinroq aloqa mavjud; ya‘ni, pul miqdorining 
o‗zgarishi bevosita YaMM o‗zgarishiga olib keladi deb hisoblashadi. 
Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar.
 
Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb 
hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, beqaror deydilar. 
Hozirda mavjud bo‗lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki 
yondashuvni sintez qilgan, ya‘ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini 
qo‗shib, o‗zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli 
maqsadlariga erishish uchun monetaristik yondashuv ko‗proq ishlatiladi. 
Shu bilan birga qisqa muddatli davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta‘sir 
etish usulidan voz kechmaydi. . 


130 
Markaziy Bank bir vaqtning o‗zida ham pul massasini, ham foiz 
stavkasini o‗zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o‗sgan 
holatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta‘minlash bo‗lsa 
Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur bo‗ladi. Bu tadbir 
yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Pul massasining ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun pul 
taklifini cheklash siyosatini qo‗llash foiz stavkasining ko‗tarilishiga olib 
keladi va bu siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi. 
Agar pulga talab inflyatsiya tasirida ko‗paysa qattiq pul kredit 
siyosatini qo‗llash maqsadga muvofiq bo‗ladi. Maboda pulga talab 
ishlab chiqarish va daromadlarning o‗sishi oqibatida oshsa yumshoq pul 
kredit siyosatini qo‗llash o‗rinlidir.
 
Pul kredit siyosatinig ishlab chiqarish hajmiga ta‘siri birinchi 
paragrafda ta‘kidlanganidek pul taklifi o‗zgarishining foiz stavkasi 
darajasiga, foiz stavkasi o‗zgarishining esa investitsiya xarajatlari 
hajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar hajmiga ham) va yalpi xarajatlar 
o‗zgarishining ishlab chiqarish ya‘ni yalpi taklif hajmiga ta‘siri 
ko‗rinishida bosqichma - bosqich ro‗y beradi. Foiz stavkasining pul 
taklifi o‗zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz 
stavkasi o‗zgarishiga tasirchanligi past bo‗lishi pul kredit siyosatini 
amalga oshirishda muammolarni keltirib chiqaradi. 
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas 
bog‗liq. Agarda Markaziy bank qayd qilingan valyuta kursini saqlab 
turishni maqsad qilib qo‗ysa mustaqil (ichki) pul siyosatini olib borish 
mumkin bo‗lmay qoladi. Chunki almashinuv kursini ta‘minlab turish 
uchun valyuta zahiralarini ko‗paytirib yoki kamaytirib turish 
iqtisodiyotda pul hajmiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Pul-kredit va fiskal 
siyosatlarni muvofiqlashtirish bilan bog‗liq qiyinchiliklar ham mavjud. 
Agarda hukumat iqtisodiyotni davlat xarajatlarini oshirish orqali qo‗llab-
quvvatlashni amalga oshirmoqchi bo‗lsa, uning muvaffaqiyatli amalga 
oshishi ko‗proq pul-kredit siyosatining xarakteriga bog‗liq. Chunki, bu 
mo‗ljallanayotgan xarajatlar qimmatli qog‗ozlar (ya‘ni, obligasiyalar)ni 
chiqarish evaziga amalga oshsa, pulga bo‗lgan talab oshadi va natijada 
esa foiz stavkalari ko‗tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining 


131 
kamayishiga olib keladi. Yoki Markaziy bank hukumatning yuqoridagi 
siyosatini qo‗llab-quvvatlash uchun pul taklifini ma‘lum miqdorda 
ko‗paytirsa, pul qadrsizlanishi mumkin. 
Umuman, barqaror pul-kredit siyosati hukumat tomonidan olib 
boriladigan fiskal siyosatga hamma vaqt ham mos kelavermaydi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin