132
XI BOB. IQTISODIY O‗SISH VA IQTISODIYOTDA
DINAMIK MUVOZANAT
11.1. Iqtisodiy o‗sish tushunchasi, o‗lchanishi, omillari va
tiplari
Iqtisodiyot hech qachon bir joyda turmaydi. Ammo makroiqtisodiy
tahlilda muvozanat tushunchasi ishlatilib, bu makrotizimning tegishli
holatini anglatadi.
Bunday holda, u aylanma modeli doirasidagi barcha
oqimlar va zaxiralarning nisbatlarining o‗zgarmasligi bilan tavsiflanadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish iqtisodiy o‗sishni nazarda tutadi.
Iqtisodiy o„sish
to‗liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial
ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‗payishi
tendensiyasini
anglatadi.
Iqtisodiy o„sish
jami taklifning o‗sishini yoki boshqacha
aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi.
Iqtisodiy o„sish
- bu ma'lum vaqt davomida YaMM (YaIM)
hajmining miqdoriy va sifat jihatidan o‗zgarishi yoki milliy
iqtisodiyotning izchil rivojlanishini anglatadi.
Iqtisodiy o‗sish muammosini o‗rganish
natijasida real ishlab
chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali
foydalanish muammosiga yechim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‗sish omillari va ular samaradorligini o‗rganish
hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‗sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‗sishi,
shuningdek, jon boshiga to‗g‗ri keladigan real daromadlarning o‗sishini
ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‗sish ikki xil usul bilan
o‗lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‗sish real YaIM ni o‗tgan
davrga
nisbatan o‗zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy
imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Y t
Y= ------- x 100
Yt-1
133
Bunda joriy yildagi real YaIM (Y t) hajmining bazis yildagiga (Yt-
1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‗rinishidagi o‗sishi aniqlanadi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‗sish aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan
real YaIM ning o‗tgan davrga nisbatan o‗zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‗sish nazariyasi va modellarida YaIM o‗rniga SIM,
YaMD, SMD ko‗rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy
nazariyada iqtisodiy o‗sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste‘mol va
investitsiyalarga bo‗linishiga bog‗liq deb qaraladi.
Iste‘mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning
provard maqsadini va
yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‗zgarishi
resurs
imkoniyatlarining
o‗sishi
va
texnik
yangiliklarning
moddiylashishini anglatadi. Iste‘mol va investitsiya o‗rtasida yetarlicha
muqobillik mavjud, chunki, joriy iste‘mol
miqdorining oshishi
investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‗sish
imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‗sishni o‗lchashning asosiy ko‗rsatkichlari:
•
Dostları ilə paylaş: