I=
sf(k).
Jamg‗arish normasi (s) k ning har qanday miqdorida
mahsulotning investitsiya va iste‘molga bo‗linishini belgilaydi:
Y
=
f(k),
I=
sf(k), S=(1-s) f (k).
Amortizasiya quyidagicha hisobga olinadi: agar yiliga eskirish
hisobiga kapitalning qayd etilgan d qismi chiqib ketadi deb hisoblasak
(chiqib ketish normasi), chiqib ketish miqdori kapital hajmiga
proporsional bo‗ladi va dk ga teng bo‗ladi. Grafikda bu aloqadorlik
koordinata boshidan d burchak koeffisenti bilan chiquvchi to‗g‗ri chiziq
bilan aks ettiriladi.(11.2. chizma). Investitsiyalar va chiqib ketishning
kapital zahirasi dinamikasiga ta‘sirini Δk=I-d, yoki investitsiyalar va
jamg‗armalar tengligidan foydalanib Δk=s·f(k)-dk ko‗rinishida yozish
mumkin.
143
11.2-chizma.
Investitsiyalar va kapitalning chiqib ketishining iqtisodiy
muvozanatga tasiri
I,dk
dk
sf(k)
k
1
k* k
2
k
Kapital zahirasi(k) investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi
hajmiga teng bo‗lguniga qadar, ya‘ni
s·f(k)=dk
shart bajarilguniga
qadar oshib boraveradi. Shundan so‗ng bitta ish bilan band xodimga
to‗g‗ri keladigan kapital zahirasi (fond bilan qurollanganlik)
o‗zgarmaydi (Δk=0).
Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng
bo‗lgan
sharoitdagi
kapital
zahirasi
darajasi
fond
bilan
qurollanganlikning muvozanatli (barqaror) darajasi deyiladi va k* deb
belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot uzoq muddatli muvozanat
holatida bo‗ladi.
Muvozanat barqaror bo‗lishiga sabab k ning dastlabkit miqdori
qandayligidan qat‘iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya‘ni k* ga
intiladi. Agar k ning boshlang‗ich miqdori k* dan kam bo‗lsa, yalpi
investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish miqdori (dk) dan ko‗p bo‗ladi va
kapital zahirasi sof investitsiyalar miqdoriga ko‗payib boradi. Aksincha
k
2
> k bo‗lsa, investitsiyalar amortizasiyadan kamligini anglatadi. Bu
holda kapital zahirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib boradi
(11.2.-chizma).
Solou modeli jamg‗arish normasi kapital bilan qurollanganlikning
barqaror darajasiga erishishning o‗ta muhim omili ekanligini ko‗rsatadi.
Jamg‗arish normasining o‗sishi investitsiyalar hajmining oshishini
keltirib chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o‗z
144
navbatida kapital bilan qurollanganlik darajasining (k) ko‗tarilishi
orqali, pirovard natijaga, ya‘ni esa ishlab chiqarish hajmining (Y)
ko‗payishiga olib keladi.
Shunday qilib, jamg‗arish normasining oshishi barqaror
muvozanat sharoitida yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi
darajasiga erishish imkonini beradi. Solou modelini keyingi
rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib tashlanadi: aholi soni va
uning ish bilan band qismi sonining o‗zgarmasligi hamda texnik
taraqqiyotning mavjud emasligi.
Aholi doimiy (
n
) sur‘at bilan o‗sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar
sonining ko‗payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan
qurollanishi darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir
ishchiga to‗g‗ri keladigan kapital zahirasi o‗zgarishini ko‗rsatuvchi
tenglama quyidagi ko‗rinishga ega bo‗ladi:
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni
oldingi darajada saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib
ketishini qoplaydigan hajmi zarur. Kapital jamg‗arish normasi yuqori
bo‗lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi sonining o‗sishi tufayli kapital
bilan qurollanganlik darajasi o‗zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi
mumkin.
Matematik jihatdan o‗zgarmas kapital bilan qurolanganlik
sharoitidagi
iqtisodiyotda
barqaror
muvozanat
sharti
quyidagi
ko‗rinishga ega bo‗ladi:
Δk=sf(k)-(d+n) k=0 yoki sf(k)=(d+n) k
Tenglamadagi (d+n)k investitsiyalarning kritik kattaligini
xarakterlaydi. Ya‘ni bir ishchiga to‗g‗ri keladigan kapitalni doimiy
o‗zgarmas darajada saqlab turadigan hajmini ifodalaydi.
Aholi o‗sishining hisobga olgan holda R. Solou modelini grafik
jihatdan ifodalash uchun mehnatning kapital bilan qurollanganligi
barqaror darajasini (k*) deb belgilaymiz. Aniqlaganimizdek, agar bir
ishchiga to‗g‗ri keladigan kapital (k=const) bo‗lsa iqtisodiyot muvozanat
holatida bo‗ladi. Agar k1ularning kritik kattaligidan yuqori va (k
1
) k* ga qadar o‗sadi. Agar
145
k
2
>k*, unda investitsiyalar ularning kritik darajasidan past va (k
2)
k* ga
qadar pasayadi.
Model iqtisodiyot barqaror holatda bo‗lishi uchun investitsiyalar
sf(k) kapital chiqib ketishi va aholining o‗sishi (d+n)k oqibatlarini
qoplashi kerakligini ko‗rsatadi. B holda kapital bilan qurollanganlik (k)
va mehnat unumdorligi (y) o‗zgarmay qoladi. Lekin aholi o‗sishida
kapitalning doimiyligi kapital ham aholiga mos sur‘atda o‗sishi
kerakligini anglatadi: ya‘ni:
ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o‗sishi –
iqtisodiyotning barqarorlik holati sharoitidagi uzluksiz iqtisodiy
o‗sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o‗sishi investitsiyaning oshishi bilan birga
bormasa, unda bu bir ishchiga tug‗ri keladigan kapital zahirasining
kamayishiga olib keladi.Aholining n dan n
1
ga o‗sishi (d+n)k chizig‗ini
yuqoriga (d+n
1
)k holatiga siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni
k* dan k1* gacha qisqartiradi. Shunday qilib, R.Solou modeli aholi
o‗sishining yuqori sur‘atlarga ega bo‗lgan davlatlarda kapital bilan
qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past bo‗lishini
tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko‗ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital,
mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‗sishiga teng
sur‘atda o‗sib boradi. Aholi sonining tez o‗sishi iqtisodiyotning o‗sish
sur‘atlari jadallashishiga ta‘sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida
aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O‗z navbatida,
jamg‗arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan
daromad
miqdorini
oshiradi
va
kapital
bilan
qurollanganlik
koeffitsentini ko‗tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o‗sish
sur‘atiga ta‘sir ko‗rsatmaydi.
J.Midning iqtisodiy o‗sish modeli ham
neoklassik asoslarga ega.
U iqtisodiy o‗sishni chekli unumdorlik qonuni qo‗llaniladigan
marjinalistik yondoshuvlar bilan tushuntiradi. O‗z konsepsiyasini J. Mid
―Iqtisodiy o‗sishning neoklassik nazariyasi‖ (1961 y.) kitobida bayon
etdi. Kobb-Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan variantidan
146
foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini
keltirib chiqardi.
Y =αk+βL+r
Bu yerda
Dostları ilə paylaş: |