147
kuchining o‗sishi ortiqcha bo‗lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital
mehnat unumdoligini o‗sish sur‘atlaridan tezroq o‗ssa,
unda ortiqcha
ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo‗ladi. Biroq bu holda ham dinamik
muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik
nazariyasiga asoslanib ularni ko‗rsatadi.
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni
kuchaytiradi, bu esa o‗z navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va
kapitalning foydaliligining o‗sishiga olib keladi. Natijada jamg‗arish
sur‘atlari oshadi va ishchi kuchining o‗sish sur‘atlari bilan tenglashadi.
J. Mid modelida davlat pul-kredit siyosatidan foydalangan holda
faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini bajarishi kerak. Faqat
shugina
daromadlar
va
jamg‗armalarni
qayta
taqsimlashning,
resurslarning
zarur
bandligi
va
barqaror
iqtisodiy
o‗sishni
ta‘minlaydigan, samarali mexanizmini yaratish imkonini beradi.
A. Lyuis o‗z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv)
ni iqtisodiy
o‗sishning asosi sifatida ko‗rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha,
bu model ―aholi zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa
cheklangan‖ davlatlar uchun qo‗l keladi. Bunday mamlakatlarga A.
Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
A. Lyuis o‗z konsepsiyasida erkin bozor g‗oyasiga
asoslanganligi
tufayli, tahlil markaziga tadbirkor shaxsini qo‗yadi. U bozorda mavjud
ishlab chiqarish omillaridan, ya‘ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish
xususida qarorlar qabul qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar
va sanoat sektorlarini hisobga olgan holda quriladi. Agrar sektorda
mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdoligi juda
past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq
xo‗jaligidan ishchi kuchining ―olinishi‖ ishlab chiqarish qisqarishiga
olib kelmasligini anglatadi. Qishloq xo‗jaligida
ishchilarning ish haqi
yashash minimumi darajasida bo‗lgani sababli, bu ishchi kuchidan
sanoatda foydalanish hech qanday muammo tug‗dirmaydi. Bu
sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan ancha yuqori.
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining
bir qismini qishloq xo‗jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan
148
iqtisodiy o‗sish sur‘atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu
jarayonda asosiy mexanizm bo‗lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
Sanoat
ishlab
chiqarish
mashtablarini
kengaytirib,
o‗z
ishchilarining daromadlari o‗sishini ta‘minlaydi, bu esa ichki talabni
oshishiga ko‗maklashadi. Bunda tadbirkorlar o‗sib borayotgan
daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‗naltiradilar. Bu
daromadlar keyinchalik iqtisodiy o‗sishga dinamik ta‘sir ko‗rsatadi.
Iqtisodiy o‗sishning o‗zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda
uning manbai bo‗lib qo‗shimcha
ishchi kuchidan foydalanish
hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq xo‗jaligida esa chekli mehnat
unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy o‗sishning bu ikki turi
investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq keladi.
Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun
investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga
talabga bog‗liq bo‗ladi. Uning o‗sishi daromadlar oshishi va
investitsiyalar kengayishini rag‗batlantiradi. Qishloq xo‗jaligida,
aksincha, investitsiyalar daromadlarning qisqarishiga bog‗liq holda
kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko‗payishi fermerlarni qo‗l
mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.
O‗z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A.
Lyuis uni industrial bosqichni o‗tgan g‗arbiy mamlakatlar uchun to‗g‗ri
kelmaydi, deb hisoblagan.
Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni
rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh.
Kindlberger o‗z tahlilida ko‗rsatganidek iqtisodiy o‗sishning mehnat va
kapital bilan bog‗liqligining eng yaxshi namunasi bo‗lib GFR, Italiya,
Shveysariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya, Belgiya,
Shvesiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis
modelini teskari bog‗liqlikda bo‗lsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda
iqtisodiy o‗sishning past sur‘atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish
quvvatlaridan cheklangan holda foydalanish bilan bog‗liq edi. Yana bir
guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini boshidan kechirgan
mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya,
Portugaliya, Gresiya, Yugoslaviya,
Turkiya). Ularning iqtisodiy o‗sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A.
Lyuis modeliga to‗g‗ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o‗z sanoatini
149
balki boshqa yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan
ta‘minlar edi va butun qit‘a uchun o‗ziga xos mehnat zahirasi fondi
vazifasini bajargan edi.
Dostları ilə paylaş: