140
bo‗lgan
holatlar, ya‘ni ishchi kuchining ma‘lumot darajasi va
malakasining o‗sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi
hamda boshqalar) ular e‘tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar bo‗sh
turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
uchun yangi ishchi
kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo‗shimcha
o‗sishini ta‘minlash mumkin deb hisobladilar;
-
ikkinchidan
,
neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital
talabchanligi koeffisenti-s (s= I / Δ Y )ni o‗zgarmas deb qaradilar.
Neoklassik modellar esa ikki ishlab chiqarish omilini (kapital va
mehnatni) hisobga olgan holda va ularning o‗zaro bir-birini
almashtirishini (substitut ekanligini) ko‗zda
tutib bu koeffisent
o‗zgarishi mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab
chiqarishning berilgan texnik qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab
chiqarish hajmiga resurslarning turli kombinasiyalarini qo‗llab
erishish
mumkin degan xulosa chiqadi;
-
uchinchidan
,
neokeynschilar
bozor
mexanizmining
muvozanatni avtomatik tiklash qobiliyatini yetarlicha baholamadilar.
Neokeynschilardan farqli ravishda, neoklassiklar faqatgina raqobatga
asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy o‗sishning balanslashganligini
ta‘minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy o‗sishning
balanslashganligini ta‘minlash raqobat mexanizmidan
tashqari barqaror
pul tizimiga ham bog‗liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi
bozor muvozanatini avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli
ular, davlatning iqtisodiyotga aralashuviga
barqarorlikni buzuvchi omil
sifatida qarab, inflyatsion davlat xarajatlariga qarshi chiqdilar.
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini
qamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi
neoklassik
model
R.
Solou
tomonidan
1956
yilda‖Iqtisodiy o‗sish nazariyasiga hissa‖ asarida tasvirlab berildi va
so‗ngra 1957 yilda ―Texnik taraqqiyot va
agregativ ishlab chiqarish
funksiyasi‖ nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‗sishning zarur sharti yalpi
talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi.
141
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya
bilan ifodalangan. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va
ikkinchi tomondan foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‗zaro
kombinatsiyalari o‗rtasidagi funksional bog‗liqlikni
aks ettiradi, ya‘ni:
Y= f( L,K,N
), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida
yerning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat
resurslari va kapitalga bog‗liq deb olingan.
Dostları ilə paylaş: