142
Davlat xarajatlari va sof eksport ko‗rsatkichlari ham iste‘mol va
investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
Daromad, shakllangan jamg‗arish normasiga ko‗ra, iste‘mol va
jamg‗arishga bo‗linishini hisobga olib iste‘mol funksiyasini quyidagi
ko‗rinishda yozishimiz mumkin:
S=(1-s)Y bu yerda s-jamg‗arish normasi.
Bundan Y= C + I=(1-s)Y+ I, o‗z navbatida I= sY kelib chiqadi.
Boshqacha aytganda muvozanat holatida investitsiyalar jamg‗armalarga
teng va daromadga proporsionaldir.
Talab va taklifning tengligi shartini quyidagicha yozish mumkin:
f(k)=C+I f(k)=
I/
s
Ishlab chiqarish funksiyasi tovarlar bozorida taklifni, kapital
jamg‗arish esa ishlab chiqarilgan mahsulotga talabni belgilaydi.
Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital ( kapital bilan
qurollanganlik) hajmiga bog‗liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi
va investitsiyalar ta‘sirida o‗zgaradi. Investitsiyalar kapital zahirasini
orttiradi, chiqib ketish (amortizasiya) esa uni kamaytiradi. Investitsiyalar
fond bilan qurollanganlik va jamg‗arish normasiga bog‗liq. Bu
iqtisodiyotda talab va taklif tengligi shartidan kelib chiqadi:
Dostları ilə paylaş: