138
s- milliy daromaddagi jamg‗arish hajmi yoki jamg‗arishga
o‗rtacha
moyillik(S/Y).
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta‘minlangan o‗sish sur‘ati
bo‗lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o‗sish sur‘atiga asoslanib o‗z
investitsiya
rejalarini
tuzadilar.
Kafolatlangan
o‗sish sur‘ati
jamg‗arishga o‗rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida
aniqlanadi:
Gw = s / cr ,
bu yerda: Gw – kafolatlangan o‗sish sur‘ati, cr –
talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsenti ( o‗tgan yillardagi
shakllangan darajasi);
Bu ko‗rsatkichlar doimiy bo‗lganligi sababli kafolatlangan o‗sish
sur‘atlari ham doimiy bo‗ladi.
Agar haqiqiy o‗sish sur‘ati kafolatlangan o‗sish sur‘atiga mos kelsa
iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o‗sish ta‘minlanadi.
Amaliyotda bunga
doimo erishib bo‗lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro‗y
beradi.
Xarrod modelida resurslardan to‗liq foydalangan sharoitda
ta‘minlanishi mumkin bo‗lgan maksimal o‗sish sur‘ati tabiiy o‗sish
sur‘ati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to‗liq bandlilik
sharoitida kafolatlangan va tabiiy o‗sish sur‘atlari o‗zaro teng bo‗lganda
ta‘minlanadi.Ammo bunday tenglikka
davlatning faol aralashuvi
orqaligina erishiladi.
11.3. Iqtisodiy o‗sishning neoklassik modellari asoslari. R.
Solou,
J. Mid va A. Lyuis modellari
Iqtisodiy o‗sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960
yillarda, ya‘ni dinamik muvozanat muammosiga e‘tibor susaygan va
birinchi planga nafaqat foydalanilmagan quvvatlar hisobiga,
balki shu
bilan birga yangi texnikani joriy qilish, unumdorlikni oshirish va ishlab
chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga potensial mumkin
139
bo‗lgan o‗sish sur‘atlariga erishish muammosi chiqqan davrda paydo
bo‗ldi.
Shu sababli iqtisodiy o‗sish muammosining
nafaqat nazariy
asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o‗zgardi. Bu davrda
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‗sdi.
Bu firmalar o‗z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun,
iqtisodiy o‗sishning neokeynscha
modellariga tayangan holda,
mikrodarajada o‗sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi.
Ta‘kidlangan
modellarni
tuzishda
firmalar
chiziqli
dasturlash
uslublaridan va V.Leontyevning ishlab chiqarish funksiyasidan
foydalanishdi.
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va
iqtisodiy o‗sishga erishishga intilishlari neoklassik yo‗nalish vakillarini
iqtisodiy o‗sishning neokeynscha modellariga muqobil bo‗lgan o‗sish
modellarini yaratishga faol kirishishga undadi.
Bu yo‗nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R.
Solou va ingliz
iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik
firmalarga o‗z resurslaridan potensial o‗sishga erishish maqsadi to‗laroq
foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga
davlat aralashuvini
qat‘iy cheklash lozim degan fikrni olg‗a surishdi.
Ular yaratgan modellarning
metodologik asoslari bo‗lib,
shuningdek, mehnat, kapital va yerni ijtimoiy mahsulotni yaratishning
mustaqil omillari deb qarovchi ishlab chiqarish
omillarining klassik
nazariyasi xizmat qildi.
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‗lib
chekli (chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu
nazariyaga ko‗ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu
omillarning chekli mahsulotlari (omillarning qo‗shimcha birligi hisobiga
yaratilgan qo‗shimcha mahsulot) bilan belgilanadi.
Neoklassik
maktab
nazariyotchilari
iqtisodiy
o‗sishning
neokeynscha nazariyalarini uch jihat bo‗yicha tanqid qildilar:
-
Dostları ilə paylaş: