O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


-rasm. Davlat xusussiy sektorlarida ish haqining



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

12.1-rasm. Davlat xusussiy sektorlarida ish haqining 
korreksiyalash 
Davlat tomonidan ko‗rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, 
subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. 
Subsidiyalar
– bu, pul yoki natura ko‗rinishidagi yordam turi 
bo‗lib, byudjet va byudjetdan tashkari fondlardan ko‗rsatiladi. 
Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‗lishi mumkin. Bevosita 
subsidiyalarga kapital qo‗yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta 
tayyorlashga ajratilgan mablag‗lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq 
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona 
bojlari va boshqalar kiradi. 
Bundan tashkari davlat aholini davlat transfertlari ko‗rinishida 
himoya qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‗p qirrali soliqlar tizimidan 
foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga 
qarab daromad soligi to‗laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab 
foydadan soliq to‗laydilar. Shu kabi juda ko‗p mavjud soliq turlaridan 
oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq 
stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan 


154 
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‗rsatadi. Soliqlarni o‗zgartirish 
orqali investitsiyalar va jamg‗armalar rag‗batlantiriladi. 
Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga 
karatilgan va uning asosiy vazifasi baholar va real milliy ishlab chiqarish 
hajmining o‗sishiga mos keladigan pul massasini ta‘minlashdan iborat. 
Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga 
oshiriladigan hisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining 
majburiy ravishda Markaziy bankda saqlaydigan zaxiralari normasini 
o‗zgartirish, qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha ochiq bozordagi operasiyalarni 
yo‗lga qo‗yish va shuningdek, boshqa tadbirlardir. 
Davlat monopoliyani cheklash va raqobat muhitini yaratishi zarur. 
Bu vazifa monopoliyaga qarshi qonunlarga tayanilgan holda olib 
boriladi. O‗zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish 
Monopoliyadan chiqarish raqobat va tadbirkorlikni qo‗llab quvvatlash 
Davlat qo‗mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Monopollashuvga qarshi kurash maqsadlarida monopol korxonalar 
reyestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy
monopoliya hisoblanmagan korxonalarga bo‗linadi. Tabiiy monopol 
bo‗lmagan korxonalarni monopoliyadan chiqarish chora- tadbirlari 
ko‗riladi.
Tabiiy monopoliyalar obyektiv shart-sharoitlarga ko‗ra monopol 
bo‗lishi zarur, yoki monopoliyadan chiqarish ilojsiz bo‗lgan korxona 
yoki tarmoqlardir.
Tabiiy monopolist korxonalar o‗z mavqe‘laridan foydalanib 
mahsuloti va xizmatlari baxosini asossiz ko‗tarib yuborishlariga yo‗l 
qo‗ymaslik uchun ularga rentabellilikning yukori chegarasi belgilab 
beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari 
qo‗llaniladi.
Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo‗lsin. Korxona 
mahsuloti tannarxi 10000 so‗m bo‗lgani holda uni 13000 so‗mga sotsa 
belgilangan me‘yoriy chegarani buzgan hisoblanadi. Chunki korxona 
20% emas balki 30 foiz foyda normasi darajasida ustama belgilayapti.
Shu sababli ortiqcha hisoblangan 1000 so‗m (13000-12000) davlat 


155 
ixtiyoriga olinadi va monopolist korxonaga qo‗shimcha moliyaviy jazo 
ham qo‗llaniladi.
Davlat bu yo‗l bilan iste‘molchilar huquqlarini himoya qiladi. Agar 
mahsulot bahosi korxonaga bog‗liq bo‗lmagan sabablarga ko‗ra oshib 
ketgan bo‗lsa va bu isbotlansa qonun talablari buzilmagan hisoblanadi.
Raqobat muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‗llab quvvatlash 
maqsadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish Davlat Mulk qo‗mitasi tomonidan amalga 
oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish, 
investitsiya kiritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish, 
bosqichma bosqich bahosini tushirib sotish, aksionerlashtirish kabi 
usullar qo‗llaniladi.
Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki bosqichida 
uy joy fondi, savdo va maishiy xizmat obyektlari va mahalliy sanoat 
korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo‗lsa, keyingi bosqichda o‗rta 
va yirikroq korxonalarni aksionerlashtirish yo‗li bilan davlat tasarrufidan 
chiqarishga kirishildi. 
Tadbirkorlikni 
rivojlantirishni 
davlat 
tomonidan 
qo‗llab 
quvvatlash, shuningdek ularning huquqlarini himoya qilish orqali ham 
amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat 
tomonidan iqtisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va 
uni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etish 
hisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzoq va qisqa muddatlarga 
mo‗ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya, 
ichki bozor hajmi va tarkibi, eksport va import, davlat xarajatlari, ishlab 
chiqarish tarkibidagi o‗zgarishlar, matematik modellar asosida hisob-
kitob qilinadi va iqtisodiyotning qaysi yo‗nalishda rivojlanishi 
aniqlanadi.


156 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin