O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


  O‗z-o‗zini tekshirish va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

 


120 
O‗z-o‗zini tekshirish va muhokama uchun savollar 
1.
Davlat byudjetiga ta‘rif bering va uning xarajatlari tarkibini 
sanab o‗ting. 
2.
O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarida qanday 
o‗zgarishlar ro‗y bermoqda? 
3.
Soliqlarning funksiyalariga izoh bering. 
4.
O‗zbekiston Respublikasi byudjetiga soliq tushumlaring tarkibi 
va miqdoridagi tendensiyalarni izohlab bering. 
5.
Mamlakatimizda soliq siyosati qaysi maqsadlarga qaratilgan? 
6.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori kattaligi 
fiskal siyosat samaradorligiga qanday ta‘sir ko‗rsatadi? 
7.
Soliq multiplikatori miqdori qaysi omillarga bog‗liq? 
8.
Balanslashgan byudjet multiplikatorining mohiyati nimada? 
9.
Diskret fiskal siyosatining kamchiliklarini tushuntirib bering. 


121 
X BOB. BANK TIZIMI VA PUL-KREDIT SIYOSATI 
10.1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari 
Bank tizimi - ma'lum bir mamlakat hududida bir-biri bilan o‗zaro 
bog‗liq holda faoliyat yuritadigan bank muassasalari majmui. 
Bank tizimi quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: 
• vaqtincha bo‗sh mablag‗larni to‗plash; 
• vaqtincha tasarruf etish uchun bo‗sh mablag‗larni taqdim etish; 
• kredit pullarini yaratish; 
• kreditni tartibga solish; 
• pul chiqarish (emissiya): 
• qimmatli qog‗ozlarni chiqarish (emissiya). 
«Bank‘ tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so‗zlaridan 
kelib chiqqan bo‗lib, «sarrof kursisi, do‗koni‘ degan ma‘noni anglatadi. 
Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat 
ko‗rsatgan bankirlar haqidagi ma‘lumotlarida ham mavjud. 
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. 
Bank iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo‗lgan aloqalariga 
xizmat qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bog‗liq xizmatlarni 
ko‗rsatuvchi tashkilotlar ko‗p, ammo ularning markazida banklar turadi. 
O‗zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‘gi 
qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha javob topish mumkin: 
Bank - tijorat tashkiloti bo‗lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan 
faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. 
O‗zbekistondagi bank tizimi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki, aksiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan 
bo‗ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to‗lovlari 
(transfertlar) banklar orqali o‗tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga 
oshiradi: 
- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi; 
- pul bilan bo‗ladigan hisob-kitob opresiyalarini, xususan, pul 
to‗lash ishlarini bajaradi; 
- chet el valyutasini sotadi va sotib oladi; 


122 
- o‗z qo‗lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan 
unga (muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya‘ni, kredit bilan 
shug‗ullanadi; 
- o‗z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; 
- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo. 
Bank ishi pul olamida bo‗ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda 
topish maqsadida yuritiladi. 
Markaziy bankning monopollik mavqeyi uning mamlakatdagi pul 
va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar 
ekanligi bilan chambarchas bog‗liq. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va 
asosiy vazifalari quyidagilar: 
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta‘minlashdan iborat. 
Asosiy vazifalari: 
-Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi 
siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 
-O‗zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini 
tashkil etish va ta‘minlash; 
-Banklar,kredit 
uyushmalari 
va 
garovxonalar 
faoliyatini 
lisenziyalash hamda tartibga solish,banklar, kredit uyushmalari, 
garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog‗ozlar blankalari ishlab 
chiqarishni lisenziyalash; 
-O‗zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, 
shu jumladan kelishuv bo‗yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf 
etish; 
-Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda 
tashkil etishdan iboratdir.
Tijorat banklari Markaziy bankda o‗z qisqa muddatli va o‗rta 
muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb 
yuritiladigan foizsiz omonatlarni saqlashga majbur. 
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o‗zining 
mintaqaviy bo‗linmalari orqali kredit muassasalaridan majburiy ravishda 


123 
axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma‘lumotlarini taqdim 
etish asosida qatnashadi. 
Kredit muassasalarining bo‗ysinishiga qarab bank qonunchiligi 
hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga 
muvofiq tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli 
turga ajratish mumkin. 
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, 
jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda 
mijozlarga kredit - hisob xizmati ko‗rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar 
bo‗yiga (vertikal) va eniga (gorizontal) yo‗nalishlarida tuzilishiga 
asoslanadi. Vertikal – rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz 
hisoblangan Markaziy bank bilan quyi bo‗g‗inlar – tijorat va 
ixtisoslashgan banklar o‗rtasidagi bo‗ysunish munosabatlari, gorizontal-
turli quyi bo‗g‗inlar o‗rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari 
tushuniladi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin