95
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur‘atini
ayirib topiladi.
Daromad darajasining o‗zgarishi foiz stavkasi o‗zgarmas bo‗lgan
sharoitda ham pulga talabning ko‗payishiga olib keladi. Bu grafikda
pulga talab egri chizig‗ining siljishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi.
Monetaristik pul talabi kontseptsiyasi
. Monetarizm - bu siyosat va
amaliyotda hal qiluvchi omil sifatida muomalada bo‗lgan pulni targ‗ib
qiluvchi makroiqtisodiy nazariya.
Monetaristlar J.M.Keynsning iqtisodiy agentlar o‗z mulklarini
saqlab qolish uchun o‗zlarining aktivlarining bir qismini naqd pulda
ushlab turishlari haqidagi g‗oyasini qabul qildilar. Shu bilan birga,
monetaristlar mulk ob'ekti sifatida pulga bo‗lgan talabni belgilaydigan
spekulyativ motiv g‗oyasini rad etishdi.
Monetaristlar pulga bo‗lgan talabni rentabellikning kerakli
darajasini ta'minlash uchun turli darajadagi rentabellik va tavakkalchilik
darajasidagi aktivlar portfelini shakllantirganda, xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning mol-mulkini (aktivlarini) optimallashtirishning umumiy
nazariyasi doirasida tushuntiradilar.
8.3. Pul taklifi. Bank multiplikatori
Pul taklifi (Ms) o‗z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar
(S) va zarur bo‗lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi
mumkin bo‗lgan depozitlarni oladi:
Dostları ilə paylaş: