O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


) to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

1) to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi 
vositasi,. jamg‘arish ( boylik to‘plash) vositasi
.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal 
to„lov vositasiga
aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to‗lovlar uch 
yo‗l bilan amalga oshiriladi: 1) naqd pul to‗lovi; 2) bankdagi 
hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya‘ni naqd bo‗lmagan pul ko‗chirish 
orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi 
hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida. 


91 
Qiymat o„lchovi
sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli 
tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. O‗z tovari uchun olgan
pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatavermaydi. Shu sababga ko‗ra 
pullar ularga o‗tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar 
pul aytilgan xususiyatga ega bo‗lsa, unda u 
boylik to„plash
maqsadida 
jamg‗ariladi. Pulning bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa
turlari - obligasiyalar, aksiyalar, ko‗chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to‗lov vositasi sifatidagi 
vazifasi jamg‗arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat 
kasb etadi. 
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar 
barcha turdagi to‗lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz 
depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki 
veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik 
darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga 
bo‗linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; 
M2; M3; deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. 
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o‗zaro 
farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari 
tarkibini keltiramiz: 
M0- muomaladagi naqd pul; 
M1 = M0 + aholining omonat kassalarida talab qilinadigan 
depozitlari, aholi va korxonalarning tijorat banklaridagi depozitlar, aholi 
va korxonalarning hisob-kitob va joriy hisobvaraqlaridagi mablag‗lari; 
M2 =M1 + omonat kassalarida muddatli depozitlar; 
M3 = M2+ bank depozit sertifikatlari, davlat zayomlari. 
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko‗p 
foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog‗liq. 
Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o‗sishga 
erishsa, foiz stavkasining o‗sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga 
nisbatan tezroq o‗sadi.


92 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin