94
M/R = f(R)
Bu tenglama ko‗rsatayaptiki, pulga bo‗lgan talab miqdori foiz
stavkasi funksiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari
miqdoriga talab teskari bog‗liklikka ega ekanligi ko‗rinadi. Chunki,
yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko‗rsatadi.
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga
talabning quyidagi omillarini ajratib ko‗rsatish mumkin:
1) Daromadlar darajasi;
2) Pulning aylanish tezligi;
3) Foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi
bilan bog‗lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga
bog‗liq deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: