N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Ijodiy o'yinlar turlari
Ijodiy o'yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan 
taasurotlari aks ettiriladi. Ijodiy o'yin bolalarning mustaqil 
o'yini bo'lib, o'yinning mazmunini ular o'zlari o'ylab topadilar. 
Bu o'yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchilik 
va ijodkorlik qobiliyatlari to'laligicha namoyon bo'Iadi. Ammo 
o'yinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki 
bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu bolalarning o'yin 
g'oyasini yaratishlarida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi 
vositalarni tanlashlarida va shunga o'xshashlarda namoyon 
bo'Iadi.
323


Syujetli-rolli o'yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning 
asosiy o'yin turlaridir.
Syujetli-rolli o'yin o'z xususiyatiga ko'ra aks ettiruvchi 
faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining 
hayoti va faoliyati bu o'yin mazmuniga manba bo'lib xizmat 
qiladi.
Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, 
kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o'yinda qayta 
ishlanadi, to'ldiriladi, sifat jihatidan o'zgartiriladi. Bolalarning 
bunday o'yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy 
shaklidir.
Bolalar o'yininmg o'ziga xos tomoni unda tasvirlovchi 
vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga 
o'yin jarayonida yuklangan rol va o'yin syujetidan tashkil 
topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o'z ichiga 
oladi.
O'yinning syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador bo'lgan qator 
voqea- hodisalar yig'indlsidir.
Rol syujetli-rolli o'yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O'yin 
bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi
shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg'otadi, 
bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o'ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, 
sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan o'tadi, engashadi, 
yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo.
Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o'z xohishi bilan 
bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni 
yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo'lib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o'yin katta 
ahamiyatga ega. O'yin natijasida bolaning bilimi kengayib 
boradi. Roll! o'yinlar bola kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, 
bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O'yinda bola o'z oldiga maqsad qo'yadi, bu boladan aql, 
idrok ishlatishni talab qiladi, topag'onlikka o'rgatadi. O'yin 
jarayonida juda ko'p gaplashishga, tortishishga, bahslashishga,
324


aytib berishga to'g'ri keladi. Bolalar o'zi yasayotgan 
narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko'p o'ylab, 
fikrlashishlariga to'g'ri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri 
va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Bola o'z o'yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining 
mazmuni bilan bog'liq bo'lgan u yoki bu hissiyotni boshdan 
kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o'yinida ona rolini 
o'ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan 
yaxshi munosabatda bo'lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, 
kitoblar o'qib beradi. Bu o'yin bolada muloy imlilik, g'amxo'rlik, 
e'tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg'otadi.
Rolli-syujetli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati. Rolli 
o'yinlarning boshqa o'yinlarga nisbatan o'ziga xos xususiyatga 
egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud 
bo'lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to'g'risida yetarlicha 
tasavvurga ega bo'lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. 
Masalan, bolalar "paroxod" o'yinini o'ynamoqchi bo'lishdi. 
Bunga o'yinning qanday borishi to'g'risida syujet kerak. 
Syujet bolalarning bilimiga bog'liq bo'Iadi, Bolalarda avval 
g'oya paydo bo'Iadi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba'zan bolalar 
o'yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, 
Afrikaga "bormoqchi" bo'lsalar, sayohat vaqtida qilinadigan 
ishlarni oldindan belgilab oladilar.
Bundan ko'rinib turibdiki, 
rolli 
o'yin jamoatchilik 
xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o'zaro 
munosabatda bo'ladilar.
Rolli o'yinda har bir bola o'ziga olgan rolni bajaradi masalan, 
ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga, san'atkor va hokazo.
Rolli o'yinlarda didaktik, qoidali - harakatli o'yinlardagi 
singari qat'iy o'rnatilgan qoida bo'lmaydi. Bunda ko'pincha 
bolalar o'z xayol qilgan narsalari bo'yicha harakat qiladilar. 
Masalan, "raketa tushib oyga uchadilar", "paroxodda suzadilar", 
"kasalni davolaydilar"...
325


Ammo bolalarning xayollari bilan o'ynashlari ularni real 
voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug'iladi, 
yo'q, bolalar o'zlari buning o'yinligini yaxshi biladilar.
Shu bilan birga bolalarning kechinmalari,hayajonlari, qilgan 
harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo'ladi. Masalan, 
"doktor” rolidaga bola kasal to'g'risida qayg'uradi.
O'yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning 
qiziqishlari bilan belgilanadi. O'yinda bolalar aks ettiradigan 
ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy 
tajribasimng kengayib borishiga bog'liq bo'ladi.
Rolli o'yinlar ining mazmuni va mavzusi o'zgarishi bilan bir 
qatorda uning tuzilishi va o'yin shartlari o'zgaradi, bolalarning 
mustaqilligi va tashabbuskorligi ham o'sib boradi.
Avvalgi bolalar o'z-o'zicha alohida-alohida o'ynaydilar. 
Sekin-asta rolli o'yinlarning paydo bo'lishi, o'yinda kishilar 
o'rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan 
o'yinni 
keltirib 
chiqaradi. 
Avvaliga katta 
bo'lmagan 
guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo'lib o'ynashadi, katta va 
tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar.
O'yinda har xil rollar orqali o'zaro munosabatda bo'lish 
bolalarda o'rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam 
beradi.
O'yinning 
tuzilishi 
va 
mazmuni 
o'zgarishi 
bilan 
o'yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham 
o'zgarib boradi va h.k.
Bog'cha yoshidagi bolalarda ijodiy o'yinning rivojlanib 
borishi. Uch yoshdagi bolalarning o'yinlari yangi tus oladi: bola 
qo'g'irchoqni va o'zini kishilarning nomi bilan atay boshlaydi: 
masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar 
undan sen kimsan, deb so'rasa, "Haydovchiman" deb javob 
beradi. Yoki qizcha qo'g'irchog'iga ovqat pishirayapti. "Sen 
kimsan?”- degan savolga "Men oshpazman" deb javob beradi.
Bolalar o'z o'yinlarida sekin-asta murakkab bo'lmagan 
syujetli o'yinlarni o'ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik 
turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga 
ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi.
326


Yana ovqat berishadi va uxlatishadi. Yoki qo'g'irchoq kasal 
bo'lib qolsa, darrov uning qo'li, oyog'i bog'lanadi, yolg'ondakam 
dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. 
“Men oyisiman", "Men - vrachman" deb bular birdaniga enaga, 
tarbiyachi, doktor bo'lib qolishi mumkin.
Bola to'rt yoshga o'tganda syujetli-rolli o'yinlar ancha 
rivojlana boshlaydi. O'yinlar mavzui har xil bo'lib, boyib boradi. 
Bu yoshdagi bolalar o'z o'yinlarida oila, MTMni, avtobusda, 
tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar.
Tevarak-atrofni kuzatish natijasida tasavvurlari kengayadi, 
bu ularning o'yin mazmuniga ta'sir etadi: bayramlar, magazin, 
tran sp o rtin g har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo 
bu yoshda ular hayotdagi voqealar o'rtasidagi bog'liqliklarni 
hali tushunib yetolmaydilar.
Bola besh yoshga qadam qo'yganda undagi kuzatuvchanlik 
tafakkuri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli 
o'yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolning 
rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni 
bo'yicha murakkab bo'lmagan o'yinlarni o'ynashadi.
O'yin mazmuni bilan bir qatorda bolalarda hislar ham 
rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda 
hissiyot yuqori bo'ladi. O'yin birinchidan, xursandchilik bilan 
hamohang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini 
o'z o'yinlarida aks ettiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o'yin juda 
ham yaxshi rivojlanadi. Bu o'yinlarda bolalar o'zlari eshitgan, 
ko'rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqamanbalardan 
olgan bilim, malakalarini, his-hayajonlarini to'la qo'llay 
boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yinlarida berilgan ta'lim- 
tarbiyaning natijasi yaqqol ko'rinib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o'ynashi to'g'risida va o'yinning qanday 
borishi to'g'risida o'zaro kelishib oladilar. O'yinlar uzoqroq 
davom etadigan bo'lib boradi. Bitta o'yinni uzoq vaqt, hatto 
bir necha kun o'ynash mumkin, bunda har gal o'yinga yangilik 
kiritib boriladi.
327


Uzoq davom etadigan o'yinlar maktabgacha yoshdagi 
bolalar o'yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlariga to'g'ri 
rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga 
kelib, u o'z an'anasiga, o'z qoidasiga ega bo'Iadi. Bolalarda 
birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o'rtoqlarining 
fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo'lib boradi.
Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan 
murakkab ish. Bolalar o'rtasida murakkab munosabatlar 
yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o'ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo'lib 
boradi. Bunda bolalar faol tashkilotchi, o'ziga ishonadigan va 
aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo'linadi.
Faol bolalar har doim o'yinni o'z xohishiga qarab tanlaydi, 
qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba'zan o'yinni buzishadi, 
o'rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta'siriga tez 
berilishadi. Ularning ijobiy xususiyatlari, sog'lom qiziqishlari 
bo'Iadi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga 
ta'sir etadi.
O'yin mavzusi o'zgarishi bilan o'yinda qatnashuvchilarning 
ham o'zaro munosabatlari o'zgarib boradi. Kichkina bolalarning 
har biri o'z holicha o'ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo'lib o'ynay 
boshlaydi, o'rta maktabgacha yoshga kelganda o'ynovchilar 
soni ko'payib, o'rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi
bunday munosabatlar o'yinga mavzu tanlashda, rollar va 
o'yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi.
O'yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan 
o'yinchoqning roli va unga talab ham o'zgarib boradi. 
Kichkina bolalar o'yinini ko'pincha o'yinchoq belgilaydi. Bitta 
o'yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O'rta va katta 
maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin to'g'risidagi fikr avval 
tug'iladi. Keyin o'ynay boshlaydi. O'yinchoq o'yin mazmuniga 
qarab tanlanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin