N. M. Kayumova


Maktabgacha ta’lim tizimida o'yinlar texnologiyasi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta’lim tizimida o'yinlar texnologiyasi.
O'yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta'­
lim tizimida, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida ham yan-
360


gi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan keng foy- 
dalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, 
asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foy­
dalanish yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga 
yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb 
muammolardan biridir.
«Texnologiya» yunoncha so'z bo'lib, «techne» - «mahorat», 
«san'at» va «logos» - «tushuncha», «o'rganish» demakdir. Tex­
nologiya so'zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va 
vositalari haqidagi bilimlar yig'indisi, shuningdek, obyektda so- 
dir bo'ladigan sifat o'zgarishlari tushuniladi.
Ta'lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish 
quroli, ya'ni oldindan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit 
tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu 
maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta'lim 
jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bo­
la shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni 
ta'minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari 
quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning sama- 
radorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta'lim maqsadining 
aniq shakllanganligi.
0 ‘yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maq­
sadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy 
ketma-ketligi va o'zaro bog'Iiqligi, oldindan belgilangan nati- 
jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijti­
moiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
- maftunkorlik;
- kommunikativlik;
- o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
- tashxis;
- o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
- ijtimoiylashuvlik.
361


S.A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi to'rt 
asosiy xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni bola o'yinni o'zi tanlay- 
di, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy 
natija emas, balki o'yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
■ ijodiy xarakter, ya'ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod 
qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir - bola o'yinda markaziy o'rin egallash- 
ni xohlaydi, g'olib bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshi- 
rishga yordam beradi;
- asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning man- 
tiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erish- 
ish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning 
eng asosiy xususiyati uning ij оdiyligidadir. U o'zaro kurash, 
musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.
Nazariy jihatdan o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi 
sifatida qarash mumkin.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish 
va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va 
bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga 
oshiradi.
O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining mu­
sobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, 
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan 
kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) qu- 
yidagilarni qamrab oladi:
- o'ynash uchun olingan rollar;
- bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
- haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
- o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
- o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun],
Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalari- 
da ham, o'quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologi-
362


yaning asosiy negizidir. Maqsad to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiya­
chi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'Iganligini bilishi kerak. Bitta 
mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masa­
lan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida 
tushuncha berish va h.k.
O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivoj­
lantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak- 
kurini rivojiantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda 
o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin