N. M. Kayumova


II. Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorgarligi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

378


II. Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorgarligi
Bolalarni maktab ta'limiga aqliy jihatdan tayyorgarligining 
ahamiyati o'quv faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Bu 
o'quvchilardan jiddiy aqliy mehnatni, aqliy qobiliyatni va 
bilish foaliyatini talab qiluvchi o'quv jarayonida kelib chiqib 
belgilanadi.
Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi tarkibiy qismlardan 
tarkib topadi:
1. Bolada atrof-olam haqida yetarlicha keng bilim boyligining 
mavjudligi. Bilimlarning bu zaxirasi o'qituvchi ishini tashkil 
etishda zaruriy asos hisoblanadi;
2. Bolalarbilimlariningyetarlidarajadahisoblashtirilganligi. 
Bu bola voqelikning nisbatan yirik sohalarini (jonli va jonsiz 
tabiat inson faoliyati, narsalar olami va h.k.) ayrim tomonlarini 
farqlay olishi;
3. Bola egallagan bilimlarining sifati. Bunda bilimlarning si- 
fat ko'rsatkichi, ongli ravishda egallanganligi, tasavvurlarning 
aniq va tabaqalashtirilganligi, oddiy tushunchalar mazmuni 
va hajmining to'liqligi, muntazamlilik (funksional, makon va 
zamon munosabatlari, sabab, oqibat va shu kabilarni aks ettira 
bilish qobiliyati).
4. Bolaning 
bilish 
faoliyatining 
muayyan 
darajada 
rivojlanganligi. Bunda bilish jarayonlarining o'sib boruvchi 
ixtiyoriyligi: mavzuni ma'no jihatidan ixtiyoriy eslab qolish 
va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, 
amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati, 
bilish jarayonining sifatini oshirish, sezgilarning aniqligi, 
idrokning to'liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va 
takror ifodalashning tez va aniqligi, bolada atrof-olamni bilish 
munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o'qishga 
intilishning mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Psixolog 
olimlarning (L.I.Bojovich, L.A.Venger, A.A. Lyublinskaya) 
fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishga 
bo'lgan qiziqishni, ishtiyoqni, o'qishga va maktab qoidalarini 
bajarishga istakni tarbiyalash, maktabga ijobiy munosabatni,
379


kitobga qiziqishni tarkib toptirish, o'quvchilarda barqaror 
o'quv qiziqishlari va maktabdagi o'quv jarayoniga mas'uliyatli 
munosabatni hosil qilishning muhim zamini hisoblanadi.
Bo'lajak o'quvchini maktabga aqliy tayyorgarligida -
tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhimdir. Bunda 
maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy va 
pedagogik sharoitlarda olib boriladigan har tomonlama 
ishlar asos hisoblanadi. Bolalarning tafakkur faoliyatlarini 
shakllantirishda tahlil qilish, sintez, oddiy umumlashtirish, 
qiyoslash qobiliyatlari tarkib toptiriladi.
Aqliy faoliyatning elementar mustaqilligini ta'minlashda 
bola o'z amaliy faoliyatini mustaqil rejalashtirish va uni reja 
asosida amalga oshirish ko'nikmasi, oddiy bilish vazifasini 
qo'yish va uni hal eta olish ko'nikmalari rivojlantiriladi.
Bolalar muntazam ta'lim olish jarayonida, maktabgacha 
davrning oxiriga kelib, o'quv faoliyatining asosiy tarkibiy 
qismlarini:
- Tushunarli o'quv vazifasini qabul qilish;
- Tarbiyachining ko'rsatmalarini tushunish va aniq 
bajarishni;
- Kattalar tomonidan ko'rsatilgan usullardan foydalangan 
holda ishni bajarish va natijaga erishish;
- O'z xatti-harakati, xulq-atvori, faoliyati va topshiriqlarni 
bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko'nikmasi;
- O'zining va boshqalarning ishlariga tanqidiy baho bera 
olish qobiliyatlarini egallay olishlari;
- Tarbiyachi tomonidan qo'yilgan ma'lum talab va 
qoidalarga ongli ravishda bo'ysunish ko'nikmasini tarkib 
toptirish zarurdir.
M aktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi ko'nikmalar asosida 
amalga oshiriladi:
1. Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik;
2. Bilish jarayoni: atrof-olam to'g'risidagi bilimga ega bo'lish 
va uni anglash.
a} Elementar matematik bilim va ko'nikmalar;

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin