Davlat maktabgacha taTim muassasasining maqsadi va vazifalari - Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining
maqsadi hisoblanadi:
- bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish;
- ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga
sifatli tayyorlash;
- bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasining
vazifalari hisoblanadi:
- bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini
mustahkamlash;
- bolalarda
xalqimizning
yuksak
ma'naviyati
va
insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'ularini shakllanti
rish;
- bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan
holda uni boshlang'ich ta’limni olishga tayyorlash;
- bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko'rishida, eshitishida)
yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
- ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va
texnologiyalarini joriy etish.
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi
bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'llanadigan davlat talablariga
muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intelluktual jihatdan maktabda
o'qishga tayyorlashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning barcha bo'g'inlari
bilan mustahkam aloqa va uzviy bog'liqlikda olib boriladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida
«Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bo'lish huquqiga ega» degan qoida mustahkam-
lab qo'yilgan, 45-moddasida voyaga yetmaganlar davlat
475
himoyasida ekani, 64-moddasida esa «Onalik va bolalik davlat
tomonidan muhofaza qilinadi», deb qayd etilgan.
MAKTABGACHA TA 'LIM MUASSASASI
znizomida