N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim muassasalarini frontal



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim muassasalarini frontal
у alpi tekshir ishning asosiy yo'Hari
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal-yalpi va 
tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi
Frontal-yalpi tekshirishi - bu maktabgacha ta'lim muassa- 
sasi ishini hayotiy har tomonlama, atroflicha tekshirish 
shaklidir. Ya'ni, muassasaning kadrlar tarkibi, maktabgacha 
ta'lim dasturi talablarini bajarilishi, mudira va metodistning 
ta'lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy-xo'jalik ishlariga
ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik 
bilan ish faoliyati, ish shakllari, tibbiy yordam xizmati, maktab 
bilan aloqa, ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va 
ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal-yalpi tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha 
ta'lim muassasalari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat'i 
nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga ahamiyatni ko'proq 
jalb qilishi lozimdir.
Frontal-yalpi tekshirish 4 yilda bir marta maktabgacha 
ta'lim bo'limlari (viloyat MTM, shahar, tuman MTM) tomonidan 
o'tkaziladi.
Frontal-yalpi tekshirish o'tkazishda avval to'la-to'kis 
tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda nazariyadagi 
asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi
tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish 
muddati ko'rsatiladi
So'ngranazoratchi-metodistyanabirbormaktabgacha ta'lim 
bo'yicha chiqarilgan qaror, ko'rsatma, buyruqlarni, pedagogik 
va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko'zdan 
kechirib, maktabgacha ta'lim dasturi talablarini yaxshilab o'qib 
oladi, shu muassasa hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u
637


bu muassasada xalq xo'jaligi rejasi, bolalarning muassasaga 
qatnash rejasining bajarilishi tahlil qilinadi. Kadrlar, ularning 
tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka 
oshirish ishlarini qarab, o'rganib chiqadi.
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda 
avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o'rganib chiqiladi, 
kamchiliklarni yo'qotish bo'yicha qabul qilingan qarorlarni 
qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi- 
metodist nimalarga ko'proq ahamiyat berish kerakligini 
belgilab beradi.
Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash, 
organlari bilan, korkabinet va tashkilotlarga qarashli bo'lgan 
maktabgacha ta'lim muassasalar bilan aloqa o'rnatiladi.
Nazorat qilishni, albatta, mudiraning ishtirok bilan 
o'tkazish kerak, tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta'lim 
muassasalarda esa shu korkabinetning vakili qatnashadi.
Frontal-yalpi tekshirish olib borishning asosiy yo'llari. 
Frontal-yalpi tekshirish nazoratchi-metodist va brigada 
a'zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, 
tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiri- 
ladi, So'ngra mudira muassasa haqida, nechta guruhdan 
iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga 
taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, muassasaning 
texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar 
tarkibi (pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi) xodimlar bilan, 
ularning ta'lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning 
g'oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat 
va ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaning yutuq 
va kamchiligi, kamchiliklar o'sishdan ko'rilayotgan tadbir- 
choralar xususida, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi va 
boshqa tashkilotlardan iltimoslar so'raydi.
Bu suhbat muassasa to'g'risidagi tekshirish ishiga dastlabki 
taassurot beradi. So'ngra nazoratchi-metodist turli bo'limlar
638


bo'yicha tekshirish, o'rganish ishlarini boshlaydi. Quyidagi 
tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.
Maktabgacha 
ta'lim 
muassasadagi 
ta'lim-tarbiyaviy 
ishlarning ahvoli va «Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim- 
tarbiya dasturi» talablarining bajarilishi, bolalarning ko'nikma 
va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash 
metodlari»;
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, kadrlarni tarbiyalash, 
ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik 
ishlar, metod kabinet faoliyati;
Tashkiliy-pedagogik 
va 
moliyaviy-xo'jalik 
ishlarning 
ahvoli. Xalq xo'jalik rejalarning bajarilishi, yo'llanmalar soni, 
bolalarning davomati (bolalarning muassasaga qatnashi} 
ishlarning bajaralishi;
Bolalarga tibbiy yordam tomonidan xizmat ko'rsatish sifati. 
Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
Ota-onalarning pedagogik, maorif ishlari;
Mudiraning maktabgacha ta'lim muassasasiga rahbarligi, 
rahbarlik uslubi. Mudira va metodist tomonidan ta'lim- 
tarbiyaviy ishlarga, dastur talablarining bajarilishiga, ularning 
kontrolligi tekshirish;
Muassasasining joriy-texnika bazasining ahvoli, xo'jalik 
faoliyati, xarajatlarni to'g'ri sarflash ishlari;
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejalarining sifatliligi. Rejalarning 
bajarilishi, Pedagogikkengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota- 
onalar yig'ilishlarini, maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan 
chiqarilgan, instruksiya va buyruqlarning bajarilishini nazorat 
qilish;
Muassasada ishlab chiqarish masalalarining yo'lga qo'yilishi, 
hujjatlar, ularning to'g'ri jihozlashishi va saqlanishi;
Nazoratchi-metodistning tekshirish bo'yicha xulosalari va 
takliflari. Yakuniy Pedagogik kengashning o'tkazilishi;
Frontal-yalpi 
nazorat qilishning yakuniy tekshirish 
maqsadiga va vazifasiga bog'liqdir.
639


Nazoratchi-metodist pedagogik yoki ishlab chiqarish 
majlislari o'tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha ta’lim 
muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif 
va mulohazalar beradi.
Nazoratlash natijasi akt bilan izohlanadi va ma'lumotnoma 
tuzilib, unda konkret takliflar, mulohazalar, ko'rsatiladi. Akt 
2 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar maktabgacha ta’lim 
bo'limiga, biri muassasaga beriladi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta'lim- 
tarbiya ishning bir qismi bo'linishi nazorat qilish shaklidir.
Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab 
bilan aloqa», «0'yin» xodimlarning mehnati va hokazo.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o'tkaziladi. 
Tekshirish yo'llari va savollari quyidagicha (mehnat tarbiyasi 
bo'yicha):
Guruh rejalarini uzoq muddatni qamrab olgan holda 
tekshirish (chorak, yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va 
bajariladigan ishlarni aniqlash;
Mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish; bolalar mehnatning 
eng muhim tomonlarini ko'ra olish;
- Kundalik hayotdagi mehnat bilan ta’minlash va tahlil 
qilish;
- Kattalar va bolalarning birgalikdagi 
mehnatlarini 
kuzatish;
- Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq 
malakalarini kuzatish;
- Bolalar o'yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni 
kuzatish;
- Bolalar bilan individual suhbatlashish;
- Bolalar ishlarining tahlili;
- Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko'rish;
- Guruhdagi o'quv materiallarini tekshirish.
Nazoratchi-metodist guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib,
unda ko'zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish 
yo'llarini qidiradi, osondan murakkablikka, oylik, istiqbolli
640


ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, 
qaysi bo'lim rejadan tushirib qoldirilganligi, ularni yuzaga 
keltirgan sabablarni qidirib topishi kerak.
Rejani tahlii qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish 
yo'Ilari, haftalik rejadagi mashg'ulotlarning turlari, ishi, talab 
darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi 
mashg'ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini 
ko'rish mumkin.
Aniqiangan kamchiliklar o'z vaqtida muhokama qilinishi 
kerak, aks holda bu kamchilik va xatolar keyingi oylarda 
takrorianishi mumkin.
Mehnat bo'limini tekshirishda ko'rgazmalilik, kattalarning 
faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg'ulot- 
larni kuzatish. Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda
suratlarni ko'rishda katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish 
tuyg'ularini uyg'ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko'ra 
olishga, kuzata olishga, tanish bo'lgan voqea va hodisalarni 
solishtira olish malakalarini o'stirish, ko'rganlariga yakun 
yasay olish, fikrlash qobilatlarini o'stirishni tarbiyalash.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin