Ill BOB. Maktabgacha ta'lim muassasasi
tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni
O'zbekiston Respublikasida amalga
oshiriladigan ulkan is-
lohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o'z ish
lariga mas'uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyat-
ida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli
ishlarni qila olishlariga bog'liq. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi,
tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash,
ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim be-
rishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha
pedagogika fani - bu kelajak, istiqbol uchun
meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qim-
mati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib,
qalbini baxtga, ilohiy nurga to'ldiradi. Dunyoda biror kimsa
yo'qki, uning ustozi bo'lmasa.
U hukumat rahbarimi, buyuk
allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yo
ki qo'li gul kosibmi, qo'yingki, barcha-barchaning o'z ustozi va
hayot yo'lini charog'on etib turuvchi yo'lboshchisi bo'ladi.
Ustozning eng buyuk burchi - xalqqa nafi tegadigan, aql-
idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning
munosib farzand-
lari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga
mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukli-
gi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi
o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etish
ga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib bor
ish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yor
dam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bili
shi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun
ijtimoiy faol
bo'lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori
baholamoqda. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining birin
chi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga
100
binoan «1-oktyabr Maktabgacha ta'lim xodimlari - o'qituvchi
murabbiylar kuni» deb e'lon qilindi. Bu voqea davlatimiz-
ni o'qituvchilarni jamiyatda tutgan o'rni
naqadar yuksakligi-
dan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda
erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari
uchun, ilg'or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari
uchun o'qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o'qituvchi», «Katta
o'qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» va
shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Maktabgacha
ta'lim xodimlari orasidan respublika bo'yicha
deputatlar say-
lanishi ham ularga bo'lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oy~
lik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yax-
shilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish
ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda,
ularning siyosiy
tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta
tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: