O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA
MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI
IQTISODIYOT NAZARIYASI
Fanidan ma‘ruza, test, mashq, masalalar to‗plami
(barcha ta‘lim yo‗nalishlari uchun)
1-qism
Toshkent – 2019
2
Tuzuvchilar: Kariyeva L.S., To‗rabekova G.I. ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanidan
ma‘ruza, test, mashq, masalalar to‗plami. 1 qism – Toshkent ToshDTU 2019.
124b.
To‗plam ―Sanoat iqtisodiyoti‖ kafedrasida ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fan dasturi
asosida tuzilgan va universitet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlangan.
Ushbu to‗plam barcha ta‘lim
yo‗nalishida ta‘lim olayotgan talabalarning,
iqtisodiy bilimlarini yuksaltirishga xizmat qiladi. Undagi ma‘ruza, test, savol,
mashq va masalalar ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanining har bir mavzusi bo‗yicha
tayyorlangan bo‗lib, talabalarni bilimlarini obyektiv baholashga yordam beradi.
Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy uslubiy kengashi tomonidan
chop etishga ruxsat berilgan.
Taqrizchilar:
Olimjonova Sh. - ToshDMU ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ kafedrasi dots. i.f.n.
Tursunov A.M. - ToshDTU ―Sanoat iqtisodiyoti‖ kafedrasi dots. i.f.n.
© Toshkent davlat texnika universiteti -2019
3
KIRISH
Talaba tinglagan ma‘ruzani o‗zlashtirishi uchun turli-tuman usul-
lardan foydalanishi zarur. Bir talabaga amaliy mashg‗ulotda faol
qatnashishi uchun lug‗at daftar tutish tavsiya etilsa, ikkinchisiga o‗tilgan
darsga taalluqli bo‗lgan savollar tuzishni tavsiya etish mumkin. Talaba
o‗zining imkoniyatidan kelib chiqqan holda savolni o‗rtaga tashlaganda,
guruhdagilar ichida qiziqish paydo bo‗ladi. Boshqa talaba jadval, grafik-
lar, raqamlar yordamida materiallarni yaxshi o‗zlashtiradi. Yana bir
talabaga formulalarni, yana biriga masalalarni yyechish yoqadi.
Malakali o‗qituvchi yil davomida dars olib borishi natijasida talaba-
larning turlicha uslublar yordamida o‗zlashtirish imkoniyatini anglay
oladi.
Bizningcha, guruhga bir xil uslubiy yo‗nalish bilan munosabatda
bo‗lish amaliy mashg‗ulotini faol olib borishga to‗sqinlik qiladi va
shaxsning o‗ziga xos xususiyatlarini namoyon etishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilm olayotgan talabalardan bugungi
kunda faqatgina bilim talab qilinmaydi, balki ulardan tashabbuskorlik,
ijodkorlik talab qilinadi. Bugungi talaba yoshlar ertaga yosh mutaxassis,
indinga iqtisodning qaysidir bo‗g‗inida boshqaruvchi bo‗ladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o‗qitishdan maqsad yuqoridagi talablarni
qondirishdir. Shu maqsadda biz ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini o‗zlash-
tirishni mustahkamlash niyatida talabalarning o‗z ustida mustaqil ishla-
shi uchun savollar, mashqlar, jadval va grafiklar, masalalardan iborat
bo‗lgan uslubiy to‗plamni tayyorladik. Bu qo‗llanmani texnika oliy
o‗quv yurtlarining iqtisodchi, muhandis talabalari uchun yordamchi
material sifatida tavsiya etish mumkin.
4
Dostları ilə paylaş: |