63
5) narx o‗zgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‗zgarishi taklif
hajmining o‗zgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta‘sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
1.
Resurslarning narxi.
Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif
o‗rtasida mustahkam o‗zaro bog‗liqlik mavjud. Resurs narxlarining
pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi.
Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini
oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‗g‗itlar narxining
pasayishi
bug‗doy
taklifini
oshiradi,
yomg‗irlatib
sug‗orish
xarajatlarining oshishi makkajo‗xori doni taklifini qisqartiradi.
2.
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Texnologiyalarning takomil-
lashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon
beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari
kamayadi va taklif ko‗payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi
ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining
miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3.
Soliqlar va subsidiyalar darajasi.
Ko‗pchilik soliqlar ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi
ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan,
import tovarlarga boj to‗lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi.
Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga
subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini
oshiradi.
4.
Dostları ilə paylaş: