O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

 
Nazorat savollari: 
1.
O‘tkazgichlarni tanlashda texnik omillarni aytib bering? 
2.
Kabel tanlashda uning joylashtirish shartini ta’siri qanday hisobga 
olinadi? 
3.
Kuchlanish yo‘qotishini aniqlash formulasini yozib bering? 
 
 
 
 


161 
12-BOB. ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINING RELELI HIMOYASI 
VA AVTOMATIKASI 
12.1. Elektr ta’minoti tizimining releli himoyasi. Asosiy va 
yordamchi relelar.
Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va 
asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va 
ishdan chiqish, shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish 
yoki shikastlanish ko‘p hollarda elektr tizimning elementlarida tokning 
me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan, 
bu hodisalarni aytib o‘tilgan faktorlar bilan kuzatish mumkin. Me’yoridan 
oshib ketggan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. 
Buning natijasida elektr uzatish liniyalari va qurilmalari xavfli darajada 
qizishi va shikastlanishi mumkin. Kuchlanishning normadan pasayishi 
elektr iste’molchilarning normal ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va parallel 
ishlayotgan generator va energetika tizimining turg‘unligiga salbiy tasir 
koʻrsatadi. Shunday qilib, elektr qurilmalarining shikastlanishi energetika 
tizimlarining va elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Elektr tizimlarining normadan tashqari holatlari esa energetika 
tizimini shikastlanishiga yoki ishdan chiqishiga imkoniyat yaratadi. 
Elektr tizimlarini va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun 
shikastlangan qurilma, elektr liniyalari tezda aniqlanilishi, o‘chirilishi 
kerak va shu orqali qolgan elektr iste’molchilari va energetik tizimni 
normal ishlashiga sharoit yaratilishi kerak. 
Normadan tashqari holatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko‘rilsa 
xavfsizlik ta’minlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan xulosa qilib shuni 
aytish mumkinki, elektr tizimlari va elektr iste’molchilarini shikastlanish 
va normadan tashšari xolatlardan saqlash uchun uning elementlarini 


162 
ќimoyalovchi avtomatik qurilmani qurish va ishlatishga elektr 
tizimlarining talabi katta. 
Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan 
saqlagichlar qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari 
ulanish sxemalarining murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko‘p 
kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi himoyalovchi 
qurilma yaratildi. Bu himoyalovchi qurilma maxsus avtomat - rele 
yordamida amalga oshirildi va releli himoya deb nomlanadi. 
Releli himoya elektr avtomatikaniig asosiy turi bo‘lib, u siz hozirgi 
zamon elektr tizimlari normal, va mustaќkam ishlay olmaydilar. U 
energetika tizimining barcha elementlarining holatlarini doimo tekshirib, 
nazorat qilib boradi. 
Energetika tizimida shikastlanish bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va 
shikastlangan energetika tizimining qismini maxsus katta tokga 
mo‘ljallangan kuch o‘chirgichlariga ta’sir etib o‘chiradi. 
Energetika tizimida nonormal sharoit yoki holat bo‘lganda himoya 
uni aniqlaydi va bu holatning xarakteriga qarab, normal sharoitni tiklash 
uchun kerakli boʻlgan chora amallarni qo‘llaydi yoki navbatchi shaxsga 
xabar beradi. 
Hozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotini 
tez tiklovchi va tizimni normal holatga keltiruvchi mustahkam va aniq 
elektr avtomatikasi bilan ta’minlangan. 
Odatda releli himoyaning qurilmalari bir necha ma’lum bir sxema 
boʻyicha ulangan relelardan iborat bo‘ladi. 
Rele bu avtomatik qurilma bo‘lib, ma’lum bir ta’sir etuvchi kattalikni 
qiymatida harakatga keladi yoki ishlaydi. 
Rele texnikasida kontaktli (elektromexanik) va kontaktsiz (yarim 
oʻtkazgichli yoki ferromagnit elementli) relelar qoʻllaniladi. 


163 
1-tur relelar ishlagan paytda kontaktlar ulanadi yoki uziladi. 
2-tur relelar ishlagan paytda kiruvchi kattalikning ma’lum qiymatida 
chiqish kattaligi (masalan kuchlanish) sakrab o‘zgaradi. 
Har bir himoya qurilmasi va uning sxemasi ikki qismga bo‘linadi: 
- ta’sir javob beruvchi (reaksiya ko‘rsatuvchi); 
- mantiq (logik). 
Ta’sir javob beruvchi (yoki o‘lchovchi) qism bosh qism bo‘lib, u 
asosiy relelardan iborat bo‘ladi. Bu relelar himoya qilinuvchi element 
to‘g‘risidagi axborot va xabarlarni doimo qabul qilib turadilar va 
shikastlanish, nonormal rejimda himoyaning mantiq qismiga mos keluvchi 
axborot uzatib beradilar. 
Mantiq qism (amalga oshiradigan qism) yordamchi qism bo‘lib, u 
ta’sir javob beradigan qismdan olgan axborotni qabul qiladi, agar bu 
axborotlar ketma-ketligi berilgan programmaga mos bo‘lsa, oldindan 
ko‘zlangan amallarni bajaradi va o‘chirgich boshqaruviga impuls beradi. 
Mantiq qism elektromexanik rele yoki elektron lampali (yarim 
o‘tkazgichli) sxema yordamida tayyorlanadi. Yuqoridagilar asosida aytish 
mumkinki, relelar asosiy (shikastlanishga ta’sir javob beruvchi) va 
yordamchi (asosiy relening axboroti ostida va sxemalarning mantiq 
qismida ishlovchi) guruhlariga bo‘linadi. 
Qisqa tutashuvni va shikastlanishlarning belgilari bo‘lib tokning 
oshib ketishi, kuchlanishning kamayib ketishi va himoya qilinayotgan qism 
qarshiligining kamayib ketishi hisoblanadi, chunki liniya uchun: 
I
U
Z

Shunga asosan himoyalarda ta’sir javob beruvchi rele sifatida tok 
relelari (tokning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi), kuchlanish
relelari (kuchlanishning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi) va 


164 
qarshilik relelari (qarshilikning o‘zgarishiga qarab ta’sir qiluvchi) 
qo‘llaniladi. 
Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele 
maksimal rele deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa, 
bu rele minimal rele deyiladi. 
Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun ham tok va kuchlanish 
relelari ishlatiladi. Tok relelari o‘ta yuklanish sodir bo‘lgan hollarda, 
kuchlanish relelari esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib 
yoki kamayib ketganda ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan 
bo‘lgan chastota relelari va issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir 
javob berish uchun ishlatiladilar. 
Yordamchi relelar qatoriga vaqt relelari, ko‘rsatgich relelar, oraliq 
relelari kiradi. Vaqt relelari himoyaning harakat ta’sirigacha bo‘lgan vaštni 
oshiradi, ko‘rsatgich relelari esa himoya elementlari harakatidan xabar 
beradi va qayd qiladi, oraliq relelar himoya elementlarini o‘zaro bog‘laydi 
va asosiy relening uzatayotgan xabarini o‘chirgichga yetkazadi. 
Har bir releni ikki qismga ajratish mumkin: qabul qiluvchi va 
bajaruvchi. Qabul qiluvchi organning vazifasi relega kelayotgan elektr 
kattalikni o‘zgarishini qayd qilish va shunga mos bo‘lgan o‘zgarishlarni 
boshqa relelarda amalga oshirishdan iborat. Bajaruvchi organning vazifasi 
tashqi zanjirlarga ta’sir qilishdan, o‘chirgichni o‘chirishdan, boshqa 
relelarni ishga tushirish yoki ularga xabar berishdan iborat. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin