O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


Bir tarifli uch fazali hisoblagichlar



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Bir tarifli uch fazali hisoblagichlar. 
Bir tarifli uch fazali elektron hisoblagichlar turkumiga kiruvchi 
CTK3-10AN7.K4t va CTK3-10Q2N4.K4t turidagi hisoblagichlar uch 
fazali tarmoqlarda elektr energiya iste’molini hisobga olish uchun 
mo’ljallangan. Ular maishiy va kichik quvvatli kuch iste’molchilari 
sektorida ishlatildi. Shunga qaramay, bu guruhdagi hisoblagichlar 
tranformatorli ulanishda bo‘lib, ular aktiv va reaktiv energiyani 
generatsiyalash va iste’molini hisobga olishni olib borish imkoniyatini 
beradi. Ma’lumotlarni masofadan olishni amalga oshirish uchun RS485 
interfeysga ega. Shu bilan birga tarmoq hamda yuklamaning joriy 
kuchlanishi, toki, cosφ, iste’mol quvvati kabi parametrlarini monitoring 
qilish imkonini beradi.
Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi: 

CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich; 

1 – bir fazali; 3 – uch fazali; 

10 – 1,0S aniqlik sinfi; 

A1 – aktiv energiyani hisobga olish; Q2 – ikki yo‘nalishda aktiv va 
reaktiv energiyani hisobga olish; 


182 

T3– tok va kuchlanish bo‘yicha uch simli transformatorli ulanish: 
100 V, 5 A; 

H4 – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli transformatorli ulanish: 
380 V, 5 A; 

H7 (H9) – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ulanish: 380 V, 5 A (60 A), (380 V, 10 A (100 A)); 

I – qo‘shimcha interfeysning mavjudligi. 
Bir tarifli bir fazali hisoblagichlar. 
Bir tarifli bir fazali “Telekart-Asbob” hisoblagichlari maishiy sektorda 
qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Maksimal tokning yuqori qiymati tufayli 
ular elektr energiyasini ko‘p miqdorda iste’mol qiladigan ko‘p sonli elektr 
asboblar bilan jihozlangan uylarda va xonadonlarda qo‘llanilishi mumkin.
“Telekart-Asbob” MCHJ ishlab chiqaradigan barcha hisoblagichlar 
1,0 dan past bo‘lmagan aniqlik sinflariga ega va ishchi harorat oralig‘i -40 
dan +55
0
C ni tashkil etadi. Eng oddiy modifikatsiyalar mexanik 
indikatorga ega, lekin suyuq kristalli indikator (SKI) o‘rnatilgan, EHAT ga 
ulanish uchun interfeys chiqishiga, himoyalash va ruxsat etilmagan 
ulanishlardan indikatsiya tizimiga ega bo‘lgan modellari mavjud.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin