O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


Uch fazali hisoblagich klaviaturasi bilan ishlash va tugmalarning



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Uch fazali hisoblagich klaviaturasi bilan ishlash va tugmalarning 
vazifalari: 
1.
Uch fazali hisoblagich turli ish rejimlariga qayta ulashga, 
yakuniy registrlar qiymatlarini ko‘rishga va foydalanuvchi uchun ruxsat 
etilgan parametrlarni tuzatishga imkon beradigan o‘n ikkita tugmalar bilan 
jihozlangan. 
2.
Iste’molchiga kuchlanish berilganda hisoblagich avtomatik 
ravishda “Asosiy ish rejimi” ga qayta ulanadi.
3.
“JAMI” [1] tugmasining bosilishi, hisoblagich o‘rnatilgan 
vaqtdan boshlab barcha tariflar bo‘yicha ayni vaqtga qadar bo‘lgan elektr 
energiyasi iste’molining hisobga olingan miqdorini aks ettiradi.
“TARIF BO‘YICHA” [2] tugmasining bosilishi hisoblagich 
o‘rnatilgan vaqtdan boshlab bu vaqtdagi amaldagi tarif bo‘yicha elektr 
energiyasining hisobga olingan miqdorini aks ettiradi.


187 
“QUVVAT” [3] tugmasining bosilishi yuklama iste’mol qilayotgan 
quvvatning joriy qiymatini aks ettiradi.
“TO‘LOV” [4] tugmasi – elektr energiya iste’moli uchun amalga 
oshirilgan to‘lov to‘g‘risida ma’lumotni aks ettiradi. Ya’ni, bu tugmaning 
bosilishi ayni vaqtga qadar kiritilgan to‘lovni, to‘lov qoldig‘ini yoki 
qarzdorlikni (agar chiqariladigan son manfiy bo‘lsa) bilish imkonini 
beradi. Bu tugma hisoblagich faqat elektr energiya uchun to‘lov oldindan 
amalga oshirilgan rejimidagina ishlaydi.
“VAQT/SANA” [5] tugmasining bosilishi navbat bilan vaqt va 
sanaнинг joriy qiymatlarining aks ettirilishiga olib keladi.
“KONTAKTOR” [6] tugmasi bosilganida o‘rnatilgan kontaktor билан 
boshqarish буйругини (komandasini) aks ettirilishiga olib keladi.
Oldindan to‘lash bilan boshqariladigan quvvatning ortib ketishi 
bo‘yicha yoki interfeys kirish orqali буйруг (komanda) bo‘yicha 
o‘chirilgan kontaktorni yoqish faqat qo‘l orqali “KONTAKTOR” [6] 
tugmasini yoki [ ]tugmani bosish orqali mumkin bo‘ladi. 
4. “TANLOV” tugmasining bosilishi hisoblagich o‘rnatilgan vaqtdan 
boshlab “ENERGIYA-1” dagi yoki joriy oydagi “ENERGIYA-2” yoki 
o‘tgan oydagi “ENERGIYA-3” jami har bir bir tarif bo‘yicha elektr 
energiyasi iste’molini hisobga olingan qiymatlarini ko‘rib chiqish yoki 
hisoblagichda dasturlashtirilgan tariflar qiymatlarini, shuningdek, “VER” 
DT versiyasining raqamini ko‘rib chiqish rejimiga o‘tishga olib keladi. 
Ko‘rib chiqishga zarur ma’lumotlarni tanlash “Ro‘yxat bo‘yicha 
YUQORIGA” [8], “Ro‘yxat bo‘yicha PASTGA” [0] va “O‘RNATISH” 
[#] tugmalarini bosish orqali amalga oshiriladi. 
5. Ko‘rsatilgan qiymatlarni ko‘rib chiqishda “TANLOV” tugmasining 
bosilishi ko‘rib chiqilayotgan ro‘yxatdan chiqishga, bu tugmaning takroran 
bosilishi esa “Asosiy rejim” ga qaytishga olib keladi. 


188 
6. Agar hisoblagich “Servis” rejimiga o‘tkazilgan bo‘lsa, tugma oxirgi 
bosilgan vaqttdan 20 sekund o‘tganidan keyin “Asosiy rejim”ga avtomatik 
o‘tish amalga oshadi. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin